Mazkur xabarlar yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, oliy ta’lim muassasalari talabalarining 25 oktyabrdan ta’tilga chiqishiga oid xabar hech qanday asosga ega emas. Vazirlik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini yolg‘on, asossiz xabarlarga ishonmaslikka chaqiradi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, yolg‘on xabar tarqatish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga ko‘ra, javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA