Xitoy Xalq Respublikasi Bosh bojxona boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yil yanvar-noyabr oylarida mamlakatning Markaziy Osiyo bilan savdosi qiymati 2023 yilning tegishli davriga nisbatan 5,9 foiz oshib, 85,58 milliard dollarga yetgan. Ushbu ma’lumot XXR davlat texnika universiteti ma’lumotlarini tahlil qilgan “So‘m, som”, somoniy va tenge” ijtimoiy tarmoq sahifasida keltirilgan.

Mintaqamizdan import esa 7 foiz o‘sib, 27,3 milliard dollarni tashkil qildi. 

Turkmaniston Xitoy bilan ijobiy savdo balansini saqlab qolgan Markaziy Osiyoning yagona davlati bo‘lib qolmoqda. Hisobot davrida ushbu qardosh davlatning Xitoyga eksporti 8,86 milliard dollarga tenglashdi. Import ko‘rsatkichi esa 3 foiz ko‘payib, 898,5 million dollarga yetdi.