Rossiyada deputatlarni ikki marotabaga qisqartirish ham mablagʻni tejaydi, ham mahalliy parlamentlarda ijtimoiy masofani taʼminlaydi. Rossiya liberal demokratik partiyasi lideri Vladimir Jirinavskiy shunday fikrni oʻrtaga tashladi.
Davlat dumasi deputatining taʼkidlashicha, parlament saylovlari ham ikki-uch yilda bir marta oʻtkazilishi kerak.
Bundan avval ham rossiyalik siyosatchi bosh vazir Mixail Mishustinga shunday taklifni bildirgan edi. U ushbu taklifini majlislar zalida deputatlar orasidagi masofa ikki metrdan kam boʻlmasligi kerak, deb izohlagan edi. Jirinavskiyning taʼkidlashicha, shunday qilsa “mamlakatda hech narsa oʻzgarib qolmaydi, aksincha yaxshi boʻladi”.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Rossiyada 232 ming kishi koronavirusga chalingan, ikki mingdan ortiq kishi vafot etgan.
OʻzA