Tramp Kim Chen In qaytganidan mamnun ekanligini bildirdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning yana siyosiy hayotga qaytganidan mamnun ekanligini bildirdi. U bu haqda Tvitterdagi sahifasida yozgan.
“Men, masalan, u qaytganidan xursandman va bu yaxshi!“ — deya Kim Chen Inning Sunchondagi fosfat oʻgʻitlari fabrikasiga tashrifi voqeasiga munosabat bildirgan Oq uy rahbari.
Maʼlumki, KXDR lideri oʻlimi haqidagi mish-mishlardan keyin Kim Chen Inning omma oldida koʻrinish bergani koʻrsatilgan video internetda paydo boʻlgandi.
Xabaringiz bor, avvaliga dunyoning qator, ayniqsa, AQSHdagi koʻplab ommaviy axborot vositalarida Kimning ahvoli “jarrohlik amaliyotidan soʻng ancha ogʻir“ ekanligi xabar berilgandi. Hatto ayrimlar uni “oʻldi“ga ham chiqarishdi.
Biroq keyin CNN amerikalik davlat mansabdori maʼlumotiga tayanib Shimoliy Koreya rahbari salomatligi bilan bogʻliq bu kabi maʼlumotlar asossiz ekanligini maʼlum qildi.
Janubiy Koreyaning Daily NK onlayn-nashri esa Kim Chen In koʻp chekkani, semirish va holdan toygani uchun yurak jarrohligini amalga oshirgani, ayni paytga kelib Xyansan okrugidagi villasida davolanayotgani haqida xabar berdi.
KXDR yetakchi salomatligi yaxshilangandan soʻng uni davolagan tibbiy brigadaning katta qismi ham Pxenyanga qaytib kelgan.

 

O’zA