19 may kuni BRIKSga a’zo davlatlar (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika) tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining videokonferensiya formatida uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van I ma’lum qildi, – deb yozadi “ARMENPRESS”.
Diplomatning qayd etishicha, yig‘ilishga Xitoy Xalq Respublikasi davlat kengashi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Van I raislik qiladi. Tadbirda Rossiya tomonidan Sergey Lavrov ishtirok etadi.