YXHT Parlament Assambleyasi, YeXHT/DIIHB va Yevropa Parlamenti tomonidan saylovini kuzatish natijalarini taqdimotiga bag‘ishlangan press-konferensiyadagi bayonotlari xulosasiga ko‘ra prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tganligi tan olindi.
Jumladan, YeXHT missiyasi va Yevropa Parlament ta’kidlashicha:
– 1267 ta saylov uchastkasida kuzatuv amalga oshirilgan. Ovoz berish jarayoni tinch va tartibli o‘tib, MSK kun davomida ovoz bergan saylovchilarning soni to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilib turgan. Barcha saylov uchastkalarida siyosiy partiyalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar ishtirok etgan. Shuningdek, saylovni 966 nafar xalqaro kuzatuvchi va 1672 nafar jurnalist kuzatgan. Bu saylov jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta’minlagan. Ovoz berish jarayoni bilan bog‘liq salbiy holatlar faqatgina 11 foiz saylov uchastkasida qayd etilgan.
– prezidentlik saylovlari O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda “Yangi O‘zbekiston” shiori ostida amalga oshirilayotgan islohotlar strategiyasining izchil amalga oshirilishi sharoitida o‘tkazildi.
– so‘nggi yillarda O‘zbekistonda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonida sezilarli yutuqlarga erishilgani, saylov qonunchiligida qator islohotlar YeXHT/DIIHBning tavsiyalarini doirasida amalga oshirilganligi e’tirof etildi. Saylovoldi tashviqotini to‘siqlarsiz o‘tkazish kafolatlari kuchaytirilgani, ma’muriy resurslardan foydalanish faktlarini istisno qilish chora-tadbirlari ijobiy baholanib, saylov huquqlarini himoya qilish kafolatlari kuchaytirilgani qayd etildi.
– COVID-19 bilan bog‘liq muammolarga qaramay, MSK o‘z faoliyatini qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda professional, sifatli va samarali tashkil etdi. Ilk marotaba MSKning barcha yig‘ilishlari keng jamoatchilikka ochiq va real vaqt rejimida efirga uzatilgani va uning qarorlari darhol komissiya saytida e’lon qilindi.
– imkoniyati cheklangan saylovchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi, saylov kampaniyasi davomida milliy ozchiliklarga nisbatan kamsitish hollari yoki biron bir salbiy bayonotlar qayd etilmadi
– 2019 yilda tashkil qilingan Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati sezilarli darajada takomillashtirilib, keng jamoatchilikka, shu jumladan Internetda orqali foydalanish imkoniyatini yaratdi. Bu real vaqtda saylovchilar haqidagi ma’lumotlarni yangilash imkonini berdi.
O‘z navbatida, YeXHT DIIHB missiyasi rahbari Ouyen Merfi saylovni kuzatishga taklif qilinganligi va amaliy yordam uchun O‘zbekiston hukumatiga minnatdorchilik bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «YeXHT kuzatuvchilar missiyasi saylovlarni bir oydan ko‘proq vaqt davomida kuzatgan, uning faoliyatiga mahalliy hokimiyat yoki umuman hukumat tomonidan biron-bir to‘sqinlik bo‘lmagan. Aksincha, davlat organlari ham, xususiy sektor ham, fuqarolik jamiyati ham Missiyaga har tomonlama yordam berib, YeXHT kuzatuvchilari bilan yaqindan hamkorlik qilgan».
YXHT Parlament Assambleyasi delegatsiyasi rahbari Daniella de Rider so‘zlariga ko‘ra, amalga oshirilgan islohotlardan, imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlardan hayratga tushgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, “tanlangan islohotlarni aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlanganlinining yaqqol isboti – bu saylovlarda 80% dan ortiq saylovchi qatnashganligidir”.
YXHT qisqa muddatli kuzatuvchilari maxsus koordinatori Reynxold Lopatka matbuot anjumanida demokratiya uzoq jarayon va O‘zbekiston to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganligini ta’kidladi. “Biz O‘zbekistonni bu yo‘lida qo‘llab-quvvatlaymiz” – dedi R.Lopatka.
Ekspertlarning fikricha, YeXHT PA, YeXHT/DIIHB va Yevroparlamentning 44 mamlakatdan 365 nafar kuzatuvchilardan iborat delegatsiyasining saylovlarda ilk bor ishtirok etishi O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarni e’tirof etilishidan va qo‘llab-quvvatlanayotganidan dalolat beradi. Shu bilan birga, prezident Sh.Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda islohotlarni amalga oshirshish va modernizatsiya qilishda tanlangan strategik kursni xalqaro hamjamiyat O‘zbekiston tomoni bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.