Kolumbiyada qilichbozlik bo‘yicha sablya yo‘nalishida 20 yoshgacha bo‘lgan yigit va qizlar o‘rtasida jahon kubogi o‘tkazildi. Quvonarlisi, unda O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Jamoaviy dasturda qizlar jamoamiz meksikalik tengqurlarini 45:20, yigitlarimiz esa mezbonlarni 45:28 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Shu tariqa Bogota shahrida tashkil etilgan mazkur jahon kubogida O‘zbekiston delegatsiyasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA