2025 yilgi davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun ijrosini ta’minlashga oid Prezident qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 18 avgustdagi 527-son qarori 1-ilovasiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra, endilikda «ta’lim tashkilotida tahsil olish maqsadida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik boshqa to‘lovlarni hamda davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qo‘shimcha qabul parametrlari asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyent va talabalarning to‘lov-kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish uchun ta’lim krediti ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi».

O‘zA