Rossiyaning Tula shahrida xokkey bo‘yicha “Yevroosiyo do‘stlik kubogi” musobaqasining final bosqichiga start berildi.

Bahslarda Toshkentning “Humo”, VXL chempioni “Neftyanik” (Almetevsk, Rossiya), Ekstra-Liga chempioni “Metallurg” (Jlobin, Belarus) hamda VXL vitse-chempioni AKM (Tula, Rossiya) jamoalari ishtirok etmoqda.

Bugun, 6 yanvar kuni turnirning yarim final bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. “Humo” final yo‘lida “Metallurg” bilan kuch sinashdi.

O‘yinning asosiy vaqtida tomonlar murosa yo‘lini tanladi. Hisob 3:3 ko‘rinishida yakunlandi. Overtaymda esa omad raqiblarga kulib boqdi.

Endi “Humo” ertaga “Yevroosiyo do‘stlik kubogi”ning bronza medali uchun kurash olib boradi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA