Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik va xizmatlarni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash hamda chorva, parranda va baliq mahsulotlarini ko‘paytirish bo‘yicha vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda
Davlatimiz rahbari bir oy muddatda Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini qayta tashkil etib, sharoitimizga mos, naslli xonaki parranda zotlarini yaratish bo‘yicha topshiriq berdi.
“Baliqsanoat” uyushmasi yil yakuniga qadar 400 ming tonna mahsulot yetishtirishga shaxsan mas’ul etib belgilandi.
– Joriy yil yakunigacha 317 ta loyihani ishga tushirish orqali, 20 ming gektar yangi maydonida baliq yetishtirishni yo‘lga qo‘yish va qo‘shimcha 200 ming tonna mahsulot olinishi shart,– dedi Prezidentimiz.
O‘zA