Prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi ish kunini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

Yaratgandan yurtimizga tinchlik-farovonlik tilab duolar qilindi. Ziyolilar bilan suhbatda alloma bobolarimizning ma’rifiy merosini chuqur o‘rganish, yoshlarni bilimli va fazilatli insonlar etib tarbiyalash haqida so‘z yuritildi.