Shavkat Mirziyoyev bugun bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida “Tadbirkor oila”, “yoshlar” va “ayollar” dasturlarini bevosita mahallaga bog‘lab, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish kerakligini ta’kidladi.

Bu orqali 500 ming nafar yosh va 200 ming nafar ayollarni ish bilan ta’minlash, “temir daftar”ga kiritilgan 300 ming nafar aholini kambag‘allikdan chiqarish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Buning uchun joriy yilda “Tadbirkor oila” dasturi doirasida ajratilishi lozim bo‘lgan 6 trillion so‘m 1,5 baravarga oshirilib, bu maqsadlarga 9 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga viloyat hokimliklari bilan birga joriy yilda jami 128 ta mahallada kichik sanoat zonalarini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi.

O‘zA