Elektron hukumatni joriy etish uchun xorij tajribasi oʻrganilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori oʻrinbosari N.Muhammadiyev boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Estoniya e-hukumat Akademiyasiga tashrif buyurdi.
Maqsad – elektron hukumatni joriy etish jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash, davlat xizmatlarini takomillashtirish va mazkur sohada Estoniyaning ilgʻor tajribasi bilan almashinish.
Oʻz oʻrnida, delegatsiya rahbari tomonidan yurtimizda aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimi, oʻtgan qisqa davr mobaynida erishilgan yutuqlar, sohani rivojlantirish yoʻlidagi istiqbolli rejalar haqida taqdimot qilindi.
Ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish — davlat xizmatlari sohasini takomillashtirish jarayonining muhim qismi hisoblanadi. Shu bois, Davlat xizmatlari agentligining xodimlari doimiy ravishda oʻz malakalarini oshirish, ushbu jarayonda eng yangi axborot va texnologik yechimlarni joriy etish uchun doimiy izlanishda.

 

OʻzA