Qoraqalpog‘istonlik faol ijodkorlarga bayram tuhfasi

Qoraqalpoq davlat Qo‘g‘irchoq teatrida “Eng ulug‘, eng aziz” ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi. 
Vatanimiz Mustaqilligining 28 yilligi bayramiga bag‘ishlab “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida o‘tgan tanlov g‘oliblarni taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbirda hududdagi ijodkorlar, tegishli davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
photo5391042572438317892.jpg
Tadbir ishtirokchilari so‘nggi yillarda Orolbo‘yida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ijodkorlarga yaratilgan shart-sharoitlar va ularni rag‘batlantirish borasida o‘tkazilayotgan tadbirlarning mazmun-mohiyatiga to‘xtalishdi.
photo5391320624326093860.jpg
Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, jurnalistika sohasida “Qo‘ng‘irot haqiqati” gazetasi bosh muharriri G. Qorajanova, “Yerkin Qaraqalpaqstan” gazetasi bo‘lim muharriri S.Turdibekova, “Vesti Karakalpakstana” gazetasi maxsus muxbiri X. Xalilaeva, adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha yozuvchi A. Sultanov, teleradio yo‘nalishi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasi muharriri X. Sultamuratova, tasviriy san’at, foto va dizayn yo‘nalishi bo‘yicha “Qoraqalpog‘iston” nashriyoti operatori T. Qosnazarov, “Bilim” nashriyoti xodimlari A. Otag‘ullaeva, M.Jumashev va boshqalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
photo5391320624326093861.jpg
– Tumanimiz hududidagi Ustyurt gaz-kimyo majmuasi, Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan “Qo‘ng‘irot soda zavodi” unitar korxonasi nafaqat Orolbo‘yidagi, balki mamlakatimizdagi yirik ishlab chiqarish korxonalaridan hisoblanadi, – deydi tanlov g‘olibi, “Qo‘ng‘irot haqiqati” gazetasi bosh muharriri Guliston Qorajonova. – Ushbu korxonadan tayyorlagan qator reportajlarim uchun bayram arafasida g‘olib bo‘ldim.
photo5391320624326093864.jpg
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

Dovud ABIBULLAEV, Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA