Davlat xizmati rivojida xorijiy tajriba

500

Davlat xizmatchilarining kompetensiyalarini baholash bo‘yicha Koreya tajribasi o‘rganilmoqda. Mazkur malaka oshirish dasturi Koreya Respublikasi Personalni boshqarish vazirligi hamda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamkorligida tashkil etildi.

Ma’lumot uchun, o‘quv oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Mazkur malaka oshirish kursi Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish milliy instituti (NHI) negizida boshqaruv kadrlarini kompleks baholash sohasida milliy ekspert-trenerlarni tayyorlash, shuningdek, milliy mutaxassislar tomonidan intervyu o‘tkazish, baholash usullarini ishlab chiqish maqsadida tashkil qilindi. Dasturda Rahbar kadrlarni baholash markaziga assessorlar sifatida jalb qilingan idora va tashkilotlarning boshqaruv xodimlari ishtirok etmoqda.

Xizmat safari yakunlari bo‘yicha rahbar kadrlarni baholash tizimini takomillashtirish maqsadida “Trenerlar uchun treninglar” (ToT) dasturi ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.

O‘zA