Joriy yilda dunyo miqyosida jami 2,2 milliard dollar kriptovalyuta o‘g‘irlangan, ma’lumotlarga ko‘ra, KXDR xakerlari bu ko‘rsatkichning yarmidan ko‘pini tashkil qiladi.
“Chainalysis” tadqiqot kompaniyasining ta’kidlashicha, bu davlatga aloqador xakerlar 1,3 milliard dollar kriptovalyuta o‘g‘irlagan va mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilgidan ikki baravar ko‘p.
So‘ngi bir yilda bitkoin narxi ikki baravar oshdi, chunki AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp hamkasbi Jo Baydenga qaraganda kriptovalyuta savdosini ko‘proq qo‘llab-quvvatlamoqda.
Musulmon Ziyo, O‘zA