Joriy yilning 20-21 dekabr kunlari Yaponiya xalqaro hamkorlik Agentligi (JICA) ishtirokidagi “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish loyihasi” doirasida o‘quv-amaliy seminari tashkil etildi.

Mazkur seminarda Qishloq xo‘jaligi vazirligining bir qator mas’ullari, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish hamda tadqiqotlar xalqaro markazi xodimlari, tijorat banklari va fermerlar, loyiha konsultantlari ishtirok etmoqda.

O‘quv-amaliy seminarda qishloq xo‘jaligi strategiyasi, sohani moliyalashtirish va uning natijadorligi, har bir loyihaning ekologik xavfsizligini o‘rganish, ishga tushirilgan loyihalarda faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlarning mehnat qonunchiligiga muvofiq ishlashini ta’minlash hamda gender tengligi yondashuvini samarali tashkil etish borasida fikrlar almashildi. Loyiha doirasida bir qator mamlakatlardan eng malakali ekspertlar jalb qilingan bo‘lib, jumladan, Elena Kreuzzberg (Kanada), Narina Kydyraliyeva (Qirg‘iziston), Elvira Suvanova (Qirg‘iziston), Azamat Mamytov (Qirg‘iziston)lardan iboratdir.

O‘z navbatida loyiha tomonidan yil davomida tashkil etib kelinayotgan o‘quv-amaliy seminarlarida malakali mutaxassislar ishtirok etib, xalqaro darajada tajriba almashinilishi uchun hissa qo‘shib kelmoqda.

Nilufar Bozorova, O‘zA muxbiri