Fotoreportaj
Ayni kunlarda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Namangan viloyati bo‘yicha fotomuxbiri Hotam Mamadaliyev xizmat safari bilan Hindistonda bo‘lib turibdi. Fotomuxbirimiz Hindiston janubidagi Kerala shtati Kojikode (oldingi nomi Kalikut) shahridan tayyorlab jo‘natayotgan fotoreportajlarni hukmingizga havola etmoqdamiz.
Kojikode Arab dengizi sohilidagi go‘zal va betakror shahar. Hindiston janubidagi Kerala shtatining ushbu shahrida 600 ming aholi istiqomat qiladi. Aholining asosiy daromad manbai savdo va turizmdir.
Kojikodeni “dengiz shahri” deb atasa ham bo‘ladi. Undagi, ayniqsa, baliq bozori mashhur. Bu yerda bir kunda yuzdan ortiq turda ming tonna baliq sotiladi. Xaridorlar esa mamlakatning turli nuqtalaridan kelishadi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA