Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Janubiy Koreya universitetlari bilan hamkorlikda “Osiyo qadriyatlarini qayta kashf etib“ deb nomlangan Oʻzbekiston-Koreya Xalqaro ilmiy media konferensiya-2019 oʻz ishini boshladi.
Media konferensiya Osiyo mintaqasi va uning ommaviy axborot vositalarining xalqaro kommunikatsiya jarayonlarida ishtiroki va roli, zamonaviy OAVning bugungi kundagi yutuqlari, muammolari, rivojlanish tendensiyalarining muhokamasiga bagʻishlanadi.
Konferensiya doirasida: bosma OAV va ularning transformatsiya jarayonida duch kelayotgan oʻzgarishlari, teleradio jurnalistikasining Osiyo mamlakatlarini birlashtirishdagi oʻrni va roli, axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar sohasining rivojlantirish hamda internet jurnalistikasi va zamonaviy mass-mediada kutilayotgan oʻzgarishlar haqidagi mavzular muhokama etilmoqda.
Konferensiyada Koreya Respublikasining Suvon, Xonam, Sungkyunkvan, Yungsan, Songsil universitetlari, Dong-A ommaviy axborot vositalari va sanʼati instituti professorlari hamda OʻzJOKU professor oʻqituvchilari maʼruza qildilar.
OʻzA