Dunyoning nufuzli mehmonxona brendlari eʼlon qilindi

Mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirish va salohiyatini oshirish borasida keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 5 yanvardagi “Turizm tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida dunyoning taniqli va nufuzli mehmonxona brendlaridan foydalanish borasidagi shartnomalar kuchga kirganda imtiyozlar haqida maʼlum qilingan.
Unga koʻra, dunyo mehmonxona brendlarining top-50 dan foydalanganlar shartnoma kuchga kirgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qisman moliyalashtiriladi. Dastlabki, ellikta 3 yulduzli mehmonxona – har bir mehmonxonaning bitta xonasi uchun yillik 200 dollar ekvivalentida, dastlabki oʻttizta 4 yulduzli mehmonxona – har bir mehmonxonaning bitta xonasi uchun yillik 400 dollar ekvivalentida.
Hayt-hotel.jpg
City-Palace-Hotel-Tashkent-2.jpg
64744f75_z.jpg
Ayni vaqtda top-50 roʻyxatiga kirgan mehmonxona brendlarini Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi eʼlon qildi.
1. Hilton
2. Marriott
3. HYATT
4. Sheraton
5. Holiday Inn
6. Courtyard
7. Hampton Inn
8. Mercure
9. Ramada
10. SHANGRI-LA ASIA
11. Hotel ibis
12. Westin
13. DoubleTree
14. Premier Inn
15. Four Points
16. Embassy Suites Hotels
17. Fairfield Inn & Suites
18. Crowne Plaza
19. Renaissance Hotels
20. Novotel
21. Comfort Inn
22. NH
23. Residence Inn
24. SpringHill Suites
25. Autograph Collection Hotels
26. The Ritz Carlton
27. Melia
28. TRYP
29. Homewood Suites
30. Quality
31. Aloft
32. InterContinental
33. Howard Johnson
34. Millennium Hotels
35. XIV
36. Taj
37. Extended Stay America
38. Mandarin Oriental
39. Baymont
40. Sol
41. Copthorne Hotels
42. Jinjiang
43. Luxury Collection
44. Comfort Suites
45. Homeinns
46. Pullman
47. Le Meridien
48. La Quinta
49. Radisson Blu
50. Waldorf Astoria
Yuqoridagi imtiyozlardan foydalanish maqsadidagi mehmonxona faoliyati bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlarga top-50 reytingiga koʻra dunyoning taniqli va nufuzli mehmonxona brendlari bilan hamkorlik qilish tavsiya etilmoqda.

 

OʻzA