Rasman! Yevro - 2024 ga Germaniya mezbonlik qiladi

Bugun, Shveysariyaning Non shahrida joylashgan UEFA bosh shtab-kvartirasida tashkilot Ijroiya qoʻmitasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin boshchiligidagi Qoʻmitaning 17 aʼzosi Yevro – 2024 mezbonini aniqlash uchun ovoz berishdi.
Yakuniy natijalarga koʻra, 2024-yilgi qitʼa chempionatiga Germaniya mezbonlik qiladigan boʻldi.
Bungacha nemislar 2 marta Jahon chempionati va 1 marta Yevropa chempionatiga mezbonlik qilishgan.
Yevro – 2024 mezbonligi uchun ikki mamlakat – Germaniya va Turkiya davlatlari daʼvogarlik qilgan edi.

 

O’zA