Buyuk Britaniya bilan video muloqot oʻtkazildi

Toshkent shahar turizmni rivojlantirish departamenti va Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda mamlakatimizdagi yirik turistik firmalar ishtirokida onlayn muloqot oʻtkazildi.
 
photo5287611852915845575.jpg
Unda Toshkent shahridan 20 ta, Buxoro, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridan 30 ta turistik firma vakillari ishtirok etdi.
Video muloqot davomida Angliyaning 15 ta turistik firma vakillari bilan hamkorlikni rivojlantirish, bu borada istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga kelishib olindi.

 

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati, O’zA