Savdo karvonlari yodga olinadi

Oʻzbekiston janubiy-sharqiy chegarasiga eltuvchi Dushanbe-Tursunzoda trassasi atrofiga tuya figuralaridan iborat savdo karvonlari oʻrnatildi. Kompozitsiya
 
15 Верблюды.jpg
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashrifi munosabati bilan maxsus yaratildi.Ikkita karvon – biri Buxoro va Samarqanddan, ikkinchisi Xatlon va Hisordan bir-biri tomon yoʻlga chiqqan. Karvonlar sarbon yetaklagan 12 ta tuyadan iborat. Haykallar kompozitsiyasi mualliflarining aytishicha, shu tariqa odamlar savdo karvonlarini kutgan davrlar yodga olinadi, tuya esa oʻsha vaqtlarda yagona harakat vositasi boʻlgan.
“Avvallari Samarqand va Buxorodan, shuningdek, Xatlondan karvonlar zarur mahsulotlarni eltgan. Skulptura kompozitsiyasi Tojikiston va Oʻzbekiston xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik timsolidir”, deydi Tursunzoda tumanidagi “Jovidon” qishlogʻida yashovchi Abdufattoh Rahmonov.
Xovali tumanidagi ustalar tomonidan bir yarim oy davomida yasalgan skulptura kompozitsiyasi bu trassadan oʻtuvchi xorijlik sayyohlarda katta qiziqish uygʻotdi.

 

OʻzA