“Shoʻrtangazkimyo” majmuasi uchun investitsion loyihalar moliyalashtirilishi mumkin

Shveysariyaning “Credit Suisse” banki Oʻzbekiston neft va gaz sanoati loyihalarini moliyalashtirishga tayyor ekanligini bildirgan. Bu haqda “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati xabar berdi.

Yaqinda jamiyat rahbariyati Shveysariyaning “Credit Suisse” banki vakillari bilan oʻtkazgan uchrashuvda mazkur moliyaviy tashkilotning “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan investitsion loyihalarni moliyalashtirishdagi ishtiroki muhokama etildi.

Unda jamiyat faoliyati, neft va gaz sanoati doirasidagi investitsion loyihalari va mamlakatimizda ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼlumot berilar ekan, Shveysariya banki vakillari “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining investitsion loyihalarini moliyalashtirishga katta qiziqish bildirgan.

Ularning fikriga koʻra, loyihalarni moliyalashtirish nafaqat tijorat maqsadida, balki “Credit Suisse” bankining “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati bilan strategik munosabatlarning oʻrnatish hamda hamkorlikning uzoq muddatli boʻlishidan umidvordir.

Yakunda tomonlar “Shoʻrtangazkimyo” majmuasi masʼuliyati cheklangan jamiyatining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va yangi neftni qayta ishlash zavodini qurish boʻyicha investitsion loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlarini birgalikda koʻrib chiqish boʻyicha kelishuvga erishgan.

 

Nasiba Ziyodullayeva, OʻzA