Nukusda “Men “Kamalak” aʼzosiman!” shiori ostida oʻquvchi-yoshlarni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkiloti aʼzoligiga qabul qilish marosimi oʻtkazildi.
Unda umumtaʼlim maktablarining birinchi sinfida tahsil olayotgan 400 nafardan ziyod oʻgʻil-qizga “Kamalak” bolalar tashkilotining koʻkrak nishonlari tantanali topshirildi.
Unda umumtaʼlim maktablarining birinchi sinfida tahsil olayotgan 400 nafardan ziyod oʻgʻil-qizga “Kamalak” bolalar tashkilotining koʻkrak nishonlari tantanali topshirildi.
Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrida tashkilotning yangi aʼzolari uchun “Doʻstlik qadri” nomli spektakl namoyish etildi. Shuningdek, tadbir doirasida yoshlar ijodiga oid tasviriy sanʼat koʻrgazmasi tashkil qilindi.
Maqsad Habibullayev (surat) OʻzA