TATU va BDIRU qoʻshma fakultet ochish toʻgʻrisida kelishib oldi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti (BDIRU) Axborot texnologiyalari qoʻshma fakulteti (ATQF TATU-BDIRU)ni tashkil etish toʻgʻrisida shartnoma imzoladi.
Hujjat TATU rektori T.Teshaboyev va BDIRU rektori V. Bogush tomonidan Belarus delegatsiyasining Toshkent shahriga tashrifi doirasida imzolandi.
Oʻzbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining maʼlumotlariga koʻra, qoʻshma fakultet bitiruvchilariga ikkita diplom ( TATU va BDIRU) beriladi. Bunda ular BDIRU yoki TATU magistraturasida magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish va “magistr” akademik darajasini olgan holda taʼlimni davom ettirish huquqiga ega boʻladi. Yangi fakultetda mutaxassislarni tayyorlash Belarus Respublikasida belgilangan va BDIRUda joriy qilingan taʼlim mutaxassisligi va yoʻnalishlari boʻyicha amalga oshiriladi. Shunday qilib, TATUda uchta yangi taʼlim yoʻnalishi: axborot texnologiyalarining dasturiy taʼminoti, mobil dasturlash tizimlari va sunʼiy intellekt kabi yoʻnalishlar yaratildi. Yangi fakultetga oʻqishga kirish uchun rus tilini bilish zarur. Chunki, barcha oʻquv dasturlari BDIRU tomonidan ishlab chiqilgan. Taʼlim ikki bosqichda olib boriladi. Uning dastlabki ikki yili TATUda, qolgan ikki yili BDIRUda oʻtadi va shu yerda tegishli malakani egallagan bitiruvchilarning diplom loyihasi himoyasi boʻlib oʻtadi.
Yangi fakultet mamlakat dasturchilarini tayyorlash sifati va mahalliy AT-kadrlarining ixtisoslashuv darajasini oshirish imkonini beradi.

 

Roman Bondarchuk, OʻzA