Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha oʻndan ortiq bitimlar imzolandi

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 12-sentabr kuni Qozogʻiston Respublikasi Davlat kotibi, Prezident huzuridagi Ayollar va oila-demografik siyosat milliy komissiyasi raisi Gulshara Abdikalikova boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. 
 
photo5251237560137656721.jpg
Tashrif doirasida 13-sentabr kuni Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi hamda Qozogʻiston Respublikasining Ayollar va oila-demografik siyosati milliy komissiyasi hamkorligida biznes-forum hamda kooperatsion birja tashkil etildi.
Har ikki davlat oʻrtasida ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, tadbirkorlikning innovatsion usullarini oʻrganish boʻyicha fikr va tajriba almashish maqsadida oʻtkazilgan tadbirda oʻzbekistonlik va qozogʻistonlik tadbirkor ayollar oʻrtasida oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi, turizm, farmatsevtika, ishlab chiqarish, tibbiy konsalting, maktabgacha taʼlim, toʻqimachilik va boshqa sohalarda hamkorlik qilish boʻyicha oʻndan ortiq kelishuv va bitimlar imzolandi.

 

OʻzA