“Tasanno – 2018” milliy taomlar festivali

Bugun poytaxtimizda anʼanaviy “Tasanno – 2018” milliy taomlar xalqaro festivali oʻtkaziladi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi hamda qator tashkilotlar hamkorligida amalga oshirilayotgan mazkur loyiha xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-maʼrifiy hamkorlikni rivojlantirish, turli xalqlar tarixi, urf-odat va anʼanalari, sanʼati va madaniyati bilan yaqindan tanishish, doʻstlik rishtalarining yanada mustahkamlanishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Festival dasturidan milliy taomlar tanlovi, turli xil xalqlarning urf-odatlari namoyishi, badiiy jamoalari ishtirokidagi chiqishlar va boshqa yana koʻplab tadbirlar oʻrin olgan.

 

Mohigul Qosimova, OʻzA