Energetika vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filiali “Elektr energetikasi va elektrotexnika” yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim berish uchun litsenziyaga ega bo‘ldi.
Litsenziya olish jarayoni bir yildan ortiq vaqtni talab etdi va bu jarayon kampusda zarur sharoit yaratish, professor-o‘qituvchilarni tayyorlash kabi muhim bosqichlarni o‘z ichiga oldi.
Talabalar 2025 yildan boshlab o‘qishga qabul qilinadi. Shuningdek, Rossiya universiteti filiali negizida magistrlik dasturlarini o‘z ichiga olgan Ilg‘or muhandislik maktabi (IMM) tashkil etiladi.
Filial 2018 yildan buyon faoliyat yuritib, konchilik, metallurgiya va avtomatlashtirish sohalarida mutaxassislar tayyorlab kelmoqda.
N.Ziyodullayeva tayyorladi,
O‘zA