Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichi doirasida ilk o‘yinini o‘tkazadi.
Xabaringiz bor, terma jamoamiz mazkur saralashda “E” guruhida Eron, Turkmaniston va Gonkong termalariga qarshi kuch sinashadi. Guruh bosqichining ilk o‘yinida vakillarimiz Turkmaniston terma jamoasi mehmoni bo‘ladi. Ushbu o‘yinni yaponiyalik Hiroyuki Kimura bosh hakam sifatida boshqaradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Kota Vatanabe va Takumi Takagi yordam beradi.
Mazkur uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da “Ashxobod” stadionida start oladi. O‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi ko‘k rangli libosda, Turkmaniston termasi oq rangli futbol formasida maydonga tushadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA