Yaponiya, AQSH va Janubiy Koreya vakillari ishtirokida o‘tgan telefon muloqoti chog‘ida Shimoliy Koreya Yerning sun’iy yo‘ldoshini uchirishdan tiyilishga chaqirildi. Bu haqda Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilgan.
Muzokarada Yaponiya TIV Osiyova Okeaniya departamenti direktori Xiroyuki Namazu, AQSHning KXDR boʻyicha maxsus vakili Son Kim va Janubiy Koreya TIVning yarim orolda tinchlik va xavfsizlik masalasi boʻyicha maxsus vakili Kim Gon ishtirok etgan.
Tomonlar Tokio, Vashington va Seulning mintaqadagi muammolarni hal etish salohiyatini oshirish uchun yaqindan hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
Yaponiya Qirgʻoq xavfsizligi KXDRning 24-31-avgust kunlari sunʼiy yoʻldosh uchirish rejasi toʻgʻrisida xabar kelib tushganini maʼlum qilgan.
O‘zA