“Kazinform” saytida e’lon qilingan axborotga ko‘ra, Pekindagi “Dasin” xalqaro aeroporti suv ostida qolgani aks etgan tasvirlar tarqaldi.
“Sky News” nashri yozishicha, kadrlarda samolyotlar aeroportda suvda turganini ko‘rish mumkin.
Ma’lumki, shu kunlarda Xitoyda “Doksuri” to‘foni suv toshqinlarini yuzaga keltirgan. Tabiiy ofatdan 880 mingga yaqqin fuqaro jabr ko‘rgan. Qayd etilishicha, 354,4 ming kishi evakuatsiya qilingan.
Xitoy Milliy meteorologiya markazi kuchli yomg‘ir bo‘yicha eng yuqori darajadagi “qizil” ogohlantirishni uzaytirdi.