Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti parranda grippi (H5N1)ning mushukdan insonga yuqishi xavfi juda oz, deb hisoblaydi. Bosh direktor Tedros Adxanom Gebreyesus Polshada kasallikning hayvondan insonga yuqishi holatiga baho berarkan, shunday dedi.

Avvalroq Polsha hukumati tashkilotni H5N1 virusi mushukdan insonga o‘tishi bo‘yicha, qariyb 30 holat kuzatilganidan xabardor qilgan edi.

Xastalanish manbai hozircha noma’lum.

“JSST mushuk egasi yoki veterinar ushbu hayvon orqali H5N1 virusini yuqtirishi ehtimoli juda past darajada, deb hisoblaydi”, – dedi tashkilot rahbari brifing chog‘ida. Uning ta’kidlashicha, mushukning ayni zararkunanda bilan kasallanishi haqidagi xabar avval ham tarqalgan, biroq Polshada ilk bor keng hududda ancha ko‘p yuqish holati qayd etildi.

Tashkilot rahbari quyidagi xulosani bergan:

– Garchi, kasallikning odamdan odamga oson yuqishi hali isbotlanmagan bo‘lsa-da, vaziyat alohida xavotir uyg‘otadi, chunki H5N1 virusi inson uchun juda xavflidir.