Argentina hukumati Rossiyaning suyultirilgan gaz ortilgan kemasini o‘z hududiga qo‘ymadi, deb xabar berdi mamlakat iqtisodiyot va mehnat vaziri, prezidentlikka nomzod Serxio Massa “C5N” telekanaliga intervyu berarkan.
– Biz ayrim kompaniyalariga nisbatan qo‘llanayotgan xalqaro sanksiyaga amal qilgan holda, Rossiyaning suyultirilgan gaz ortilgan kemasi hududimizga kirishini taqiqlashga qaror qildik, – dedi Massa. – Bu xalqaro qoidalar hurmat qilinishi bilan bog‘liq.