Pillakorlarimiz hayotida mas’uliyatli va shu bilan birga zafarli kunlar davom etmoqda.

Joriy yilning 14 iyun kuniga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatlaridagi pillakorlar shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajarib, ko‘zlangan natijaga erishdi.

Bu yil birinchi va ikkinchi mavsumda respublikamiz bo‘yicha 443 ming 560 quti pilla boqildi. Shundan 25 ming 726 tonna pilla hosili olinishi kutilmoqda. Mavsum boshidan to shu kungacha respublika bo‘yicha 25 ming 60 tonna hosil yetishtirildi. Mavsum davom etmoqda.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA