Chirchiqda og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati qizg‘in pallaga kirib bormoqda.

Mamlakat chempionatining ortda qolgan bellashuvlari davomida Madinabonu Jo‘rayeva, Sevinchoy Komilova, Shahlo Abdullayeva, Nursulton Esbergenov, Og‘abek To‘xtayev, Abdulaziz Alimjanov kabi sportchilar chempionlik shohsupasidan joy oldi.

O‘zbekiston chempionatining bugungi bahslarida ayollar 76 va 81 kilogramm og‘irlikdagi kurashlarda ishtirok etsa, erkaklar o‘rtasida 89 kilo og‘irlikda g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakat chempionatining ertaga 30 mart kuni o‘tadigan musobaqalarida Olimpiya o‘yinlari g‘olibi va jahon chempioni Ruslan Nurudinov ishtirok etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA