Poytaxtimizdagi “Universal Horses Stable” majmuasida ot yo‘rttirish bo‘yicha «Do‘stlik kubogi» musobaqasining uchinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning dastlabki ikki bosqichi Bishkek va Almati shaharlarida tashkil etilgan edi.

Poytaxtimizda poyoniga yetgan yakuniy bosqichda hamyurtlarimiz qatori qo‘shni qozog‘istonlik yosh chavandozlar g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Murosasiz bahslarda hamyurtlarimizdan Naerin Tolipova o‘z yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, qozog‘istonlik Linara Tolegen saralash sovrini bahslarida g‘olib bo‘ldi.

Shuningdek, o‘zbekistonlik yosh chavandoz qizlardan Go‘zal Kamolova, Arina Panova, Kseniya Rahmatullayeva sovrindorlar qatoridan joy oldi, deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida.

 

O‘zA