Hindistonning Nyu-Dehli shahrida 70 ga yaqin davlatning 300 dan ziyod bokschi qizlari ishtirokida navbatdagi jahon chempionati boshlandi.

Kecha musobaqaning rasmiy ochilish marosimi, qur’a tashlash, texnik komissiya a’zolarining yig‘inlari tashkil etildi.

O‘zbekiston terma jamoasining 10 nafar bokschi qizlari qatnashayotgan chempionatning qur’a natijalariga ko‘ra, 48 kilogrammda Farzona Fozilova italiyalik Roberta Bonatti, 50 kilo og‘irlikda Aziza Yoqubova tailandlik Chutxamat Raksat, 52 kilogrammda Feruza Qozoqova Janubiy koreyalik Junxyung Jun, 54 kilogramm vaznda Nigina O‘ktamova meksikalik Karolina Fernandez, 57 kilogrammda Mahliyo Habibullayeva avstraliyalik Tina Raximi, 60 kilogrammda Sitora Turdibekova qozog‘istonlik Rimma Volassenko, 63 kilo og‘irlikda Xadichabonu Abdullayeva gayanalik  Alesha Jekman, 66 kilogrammda Navbahor Hamidova Yangi zelandiyalik Sara Varerau va hindistonlik Manju Bamboriya juftligi g‘olibi bilan, 70 kilogrammda Aziza Zokirova rossiyalik Anastasiya Demurchyan, 75 kilogrammda Sohiba Ro‘zmetova vetnamlik Kun Diyem bilan dastlabki janglarini o‘tkazadi.

Bugun, 16 mart kuni chempionatning ilk kunidagi saralash janglarida hamyurtlarimizdan Feruza Qozoqova hamda Mahliyo Habibullayeva ringga ko‘tariladi.

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA