Hozir Qo‘shma Shtatlarni boshqarayotgan qobiliyatsiz odamlar dunyoni uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkin, deb bayonot berdi AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp.

“Layoqatsiz odamlar tufayli bugungi barcha xatti-harakat bizni uchinchi jahon urushiga yetaklash bilan yakunlanishi mumkin”, deyiladi bayonotda.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, “bu urush tarixdagi eng dahshatlisi bo‘ladi, chunki bizda ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan qurollar bor”.

Sobiq Prezident “agar men AQSHni boshqarib turganimda Ukraina va Tayvan atrofidagi hozirgi inqirozning oldi olingan bo‘lardi”, dedi.

Uning fikricha, “har qanday holatda ham Qo‘shma Shtatlarni chet ellardagi bema’ni va keraksiz jangovar harakatdan tiyiltirish kerak, chunki amerikaliklar buni xohlamayaptilar”.