Yuridik yordam va huquqiy xizmatlar koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga
oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 21 sentyabrda
qabul qilingan
Senat tomonidan 2018 yil 27 sentyabrda
maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil,
№ 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996 yil,
№ 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 4–5,
126-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda,
№ 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda;
2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda;
2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil,
№ 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6,
261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486,
488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472,
474-moddalar; 2010 yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar;
2011 yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12,
336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1,
2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar;
2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda;
2016 yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383,
385-moddalar; 2017 yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 1591-moddaning nomidagi va matnidagi “ijaraga berish shartnomasining, tekin foydalanishga berish shartnomasining majburiy notarial tasdiqlanishiga” degan soʻzlar “davlat soliq organlarida ijaraga berish shartnomasining majburiy hisobga qoʻyilishiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 1971–moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Advokat soʻroviga axborotni (hujjatlarni) taqdim etmaslikda,
oʻz vaqtida taqdim etmaslikda yoxud bila turib yolgʻon yoki notoʻgʻri axborot (hujjatlar) taqdim etishda ifodalangan tarzda advokatning professional faoliyatiga toʻsqinlik qilish, shuningdek advokatning ishda ishtirok etishiga toʻsqinlik qilish yoki uning ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) manfaatlariga zid boʻlgan vaziyatni majburan egallashiga erishish maqsadida advokatga qanday shaklda boʻlmasin taʼsir oʻtkazish –
eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi»;
3) 283-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
«Ushbu Kodeksning 1971-moddasida nazarda tutilgan advokatning professional faoliyatiga toʻsqinlik qilingan taqdirda, advokat maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzmasdan oʻz arizasida huquqbuzarning shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyni, vaqtni va bu huquqbuzarlikning mohiyatini, shuningdek ishni hal etish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlarni koʻrsatgan holda sudga murojaat qilish huquqiga ega».
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 163–I-sonli va 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan 256–I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, 2-songa ilova, № 11–12; 1997 yil, № 2,
56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda; 1999 yil, № 1,
20-modda, № 9, 229-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 182-modda; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5,
67-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007 yil, № 1, 3,
5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda,
№ 12, 598, 608-moddalar; 2008 yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda;
2009 yil, № 9, 337-modda; 2010 yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar;
2011 yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012 yil, № 4, 106,
109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda; 2014 yil,
№ 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015 yil, № 8, 310, 312-moddalar;
2016 yil, № 4, 125-modda; 2017 yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda,
№ 12, 773-modda; 2018 yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 480-moddaning birinchi qismi “va notarial tartibda tasdiqlanishi lozim” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 488-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
3) 574-moddaning uchinchi qismidagi “notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak” degan soʻzlar “davlat soliq organlarida hisobga qoʻyilishi lozim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 603-moddaning ikkinchi qismidagi “notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak” degan soʻzlar “davlat soliq organlarida hisobga qoʻyilishi lozim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 6261-moddaning:
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
uchinchi qismi ikkinchi qism deb hisoblansin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 dekabrda qabul qilingan “Notariat toʻgʻrisida”gi 343–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 2,
42-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda; 2006 yil, № 9, 498-modda; 2007 yil, № 12, 608-modda; 2009 yil, № 9, 337-modda;
2010 yil, № 9, 335-modda; 2012 yil, № 4, 105-modda; 2014 yil, № 5,
130-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 4, 224-modda, № 7,
431-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 2-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«2-modda. Oʻzbekiston Respublikasida notarius
Yigirma besh yoshdan kichik boʻlmagan, oliy yuridik maʼlumotga, yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan, shu jumladan notarial idorada kamida bir yil stajirovka oʻtagan, malaka imtihonini topshirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi notarius boʻlishi mumkin. Sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoki notarius yordamchisi yoxud adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bogʻliq lavozimlarida kamida uch yil ishlagan shaxslar uchun stajirovkadan oʻtish talab qilinmaydi.
Quyidagilar notarius boʻlishi mumkin emas:
muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxs;
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;
oʻz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun notarius, advokat, tergovchi, surishtiruvchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolati tugatilgan shaxs.
Notarius yordamchi va stajyorgaega boʻlishi mumkin.
Notariuslarga maxsus unvonlar – mansab darajalari beriladi»;
2) 21-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Notarius yordamchisiga maxsus unvonlar – mansab darajalari beriladi”;
3) 5 va 6-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«5-modda. Notariusning mustaqilligi va betarafligi
Notarius oʻz faoliyatida mustaqil va betaraf boʻlib, uni amalga oshirishda notariat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga amal qiladi.
6-modda. Notarial harakatlarning maxfiyligi
Notariusning, notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxslarning, shuningdek amalga oshirilayotgan notarial harakatlar toʻgʻrisida oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xabardor boʻlib qolgan shaxslarning oʻzlariga maʼlum boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilishi, shu jumladan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin ham oshkor qilishi taqiqlanadi.
Amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (hujjatlar) bu harakatlar kimning nomidan yoki kimning topshirigʻiga koʻra amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning oʻzigagina berilishi mumkin.
Amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar (maʼlumotlar) sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlari yurituvida boʻlgan ishlar munosabati bilan ularning talabiga binoan beriladi.
Notariuslar tomonidan shuningdek:
maxsus vakolatli davlat organiga – jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar (maʼlumotlar);
davlat soliq xizmati organiga – koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini, mol-mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash va ijara haqining miqdori toʻgʻrisidagi, shuningdek meros yoki hadya tartibida fuqarolar mulkiga oʻtayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi maʼlumotnomalar;
ichki ishlar organiga – avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqi uchun ishonchnomalarni, ushbu vositalarni boshqa shaxsga oʻtkazish, ijaraga berish, ulardan tekin foydalanish, ularning garov, lizing shartnomalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar;
yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi tuman (shahar) filialiga – boshqa shaxsga oʻtkazilayotgan koʻchmas mulkning kadastr raqami toʻgʻrisidagi va oluvchi haqidagi maʼlumotlar;
kredit byurosiga uning soʻroviga koʻra – bitim predmeti boʻlgan obyektni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash yoki ushbu obyektga nisbatan xatlov mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar (maʼlumotlar);
rieltorlik tashkilotiga uning soʻroviga koʻra – bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk obyektini boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash yoki ushbu obyektga nisbatan xatlov mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar (maʼlumotlar);
manfaatdor shaxslarga vasiyat qiluvchining vafotidan keyin – vasiyatnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar beriladi.
Amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi maqsadida uning soʻroviga koʻra taqdim etiladi.
Maʼlumotnomalarni (maʼlumotlarni) taqdim etish axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda amalga oshirilishi mumkin»;
4) 15-modda:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Notariuslar oʻz kasbiy malakasini davriy oshirishi yakunlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtadi. Notariuslar almashtirish (rotatsiya qilish) tartibida boshqa notarial idoralarga tayinlanishi mumkin. Notariuslarni attestatsiyadan oʻtkazish va almashtirish (rotatsiya qilish) tartibi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”;
toʻrtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;
5) 16-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jismoniy yoki yuridik shaxs notarial harakatni amalga oshirish uchun xohlagan notariusga murojaat qilishga haqli, bundan ushbu Qonunning 37, 51, 52, 59, 63, 74, 82 va 93-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno”;
6) 17-modda quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“yuridik shaxslarning rahbar organlari yigʻilishlarida ularning taklifiga koʻra ishtirok etish”;
7) 18-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«18-modda. Notariusning majburiyatlari
Notarius:
jismoniy va yuridik shaxslarga oʻz huquqlarini amalga oshirishda va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda koʻmaklashishi, ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirib berishi;
taraflar taqdim etgan bitimlar loyihalarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishi hamda ularning mazmuni taraflarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va ushbu bitimlarning qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshirishi;
yuridik jihatdan bexabarlikdan jismoniy va yuridik shaxslarning zarariga foydalanilmasligi uchun ularni amalga oshirilayotgan notarial harakatlarning oqibatlari haqida ogohlantirishi;
qonun hujjatlariga mos kelmaydigan notarial harakatni amalga oshirishni rad etishi;
notarial harakatlarni amalga oshirish chogʻida fuqarolar yoki mansabdor shaxslar tomonidan qonuniylik buzilganligini aniqlagan taqdirda, zarur chora-tadbirlar koʻrilishi uchun tegishli korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yoki prokurorga bu haqda xabar qilishi;
uch yilda kamida bir marta oʻz kasbiy malakasini oshirishi;
sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlari yurituvida boʻlgan ishlar bilan bogʻliq notarial harakatlarni amalga oshirganlik toʻgʻrisida ularning talabiga binoan maʼlumotnomalar (maʼlumotlar) berishi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga
va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni (maʼlumotlarni) maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etishi;
koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini, mol-mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash va ijara haqining miqdori toʻgʻrisidagi, shuningdek meros yoki hadya tartibida fuqarolar mulkiga oʻtayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi maʼlumotnomalarni davlat soliq xizmati organiga taqdim etishi;
avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqi uchun ishonchnomalarni, ushbu vositalarni boshqa shaxsga oʻtkazish, ijaraga berish, ulardan tekin foydalanish, ularning garov, lizing shartnomalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni ichki ishlar organiga taqdim etishi;
boshqa shaxsga oʻtkazilayotgan koʻchmas mulkning kadastr raqami toʻgʻrisidagi va oluvchi haqidagi maʼlumotlarni yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi tuman (shahar) filialiga taqdim etishi;
bitim predmeti boʻlgan obyektni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash yoki ushbu obyektga nisbatan xatlov mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni (maʼlumotlarni) kredit byurolarining soʻroviga koʻra taqdim etishi;
bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk obyektini boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash yoki ushbu obyektga nisbatan xatlov mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni (maʼlumotlarni) rieltorlik tashkilotining soʻroviga koʻra taqdim etishi;
vasiyat qiluvchining vafotidan keyin manfaatdor shaxslarga vasiyatnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni taqdim etishi;
amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining soʻroviga koʻra taqdim etishi shart»;
8) 21-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«21-modda. Notarial harakatlar va notariuslar tomonidan
amalga oshiriladigan boshqa harakatlar uchun
haq toʻlash
Notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun belgilangan stavkalar boʻyicha davlat boji undiriladi.
Notarius notarial harakatni amalga oshirish uchun oʻz ish joyidan boshqa joyga borganida manfaatdor jismoniy yoki yuridik shaxslar uning haqiqatda qilingan transport xarajatlarining oʻrnini qoplaydi.
Notarius tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun haq undiriladi.
Notarius tomonidan notarial harakatlar amalga oshirilganda notarial tartibda tasdiqlanadigan bitim loyihasini mustaqil tayyorlagan jismoniy va yuridik shaxslar huquqiy hamda texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun haq toʻlashdan ozod etiladi»;
9) quyidagi mazmundagi 41-bob bilan toʻldirilsin:
«41-bob. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan
axborot tizimi
221-modda. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot
tizimining asosiy qoidalari
Notarial faoliyat toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, ularga ishlov berish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish hamda notarial
harakatlarni amalga oshirishga aloqador davlat organlari bilan axborot hamkorligining barcha turlarini taʼminlash uchun moʻljallangan axborot tizimi Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidir.
Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga tegishlidir.
Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidan notarial idoraga yuborilgan elektron murojaatni olish uchun ham foydalaniladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga notariuslarning kirishini taʼminlaydi.
Notariuslar tomonidan Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga maʼlumotlar kiritilishi notarial harakatlarni amalga oshirishning maxfiyligini oshkor etish hisoblanmaydi.
222-modda. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot
tizimiga maʼlumotlar kiritish
Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga maʼlumotlarni kiritish notariuslar tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga notariuslar tomonidan kiritilishi lozim boʻlgan maʼlumotlarning roʻyxatini belgilaydi.
Amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bunday harakatlar amalga oshirilgan kundan kechiktirmay notarius tomonidan Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi.
223-modda. Elektron murojaat
Jismoniy va yuridik shaxslar notarius qabuliga oldindan yozilish, bitimlar va arizalarning elektron shakldagi loyihalarini tayyorlash hamda notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa maqsadlar uchun axborot tizimlari orqali notarial idoralarga murojaat qilishi mumkin.
Elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim. Agar huquqiy va texnik tusdagiqoʻshimcha harakatlar uchun haq toʻlanmagan boʻlsa, bitimlar va arizalarning elektron shakldagi loyihalarini tayyorlash toʻgʻrisidagi elektron murojaat koʻrib chiqilmaydi.
Axborot tizimlari orqali notarial idoralarga kelib tushadigan elektron murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi»;
10) 23-moddaning birinchi qismi:
4-bandi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 121-band bilan toʻldirilsin:
«121) yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlaydi»;
15-bandidagi “arizalarini” degan soʻz “arizalari va (yoki) boshqa hujjatlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 26-moddaning:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«26-modda. Notarial tasdiqlangan hujjatlarga
tenglashtiriladigan vasiyatnomalar,
ishonchnomalar va arizalar»;
birinchi qismining beshinchi va oltinchi xatboshilaridagi “vasiyatnomalari va ishonchnomalari” degan soʻzlar “vasiyatnomalari, ishonchnomalari va arizalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Vasiyatnomalar va ishonchnomalarni” degan soʻzlar “Vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 27-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«27-modda. Mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlangan
vasiyatnomalarni va ishonchnomalarni notarial
idoraga berish
Ushbu Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaxslar oʻzlari tasdiqlagan vasiyatnomalarning va notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bogʻliq ishonchnomalarning bittadan nusxasini vasiyat qiluvchi yoki ishonch bildiruvchi doimiy yashaydigan joydagi notarial idoraga saqlash uchun kechiktirmay yuborishi shart.
Agar vasiyat qiluvchining yoki ishonch bildiruvchining Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi boʻlmasa yoki ularning yashash joyi nomaʼlum boʻlsa, vasiyatnoma yoxud ishonchnoma uni qaysi tashkilotning mansabdor shaxsi tasdiqlagan boʻlsa, oʻsha tashkilot joylashgan yerdagi notarial idoraga saqlash uchun yuboriladi.
Notarius saqlash uchun kelib tushgan vasiyatnomani va ishonchnomani tekshirib koʻrishi hamda ularning qonunga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda, bu haqda vasiyat qiluvchiga, ishonch bildiruvchiga va vasiyatnomani tasdiqlagan mansabdor shaxsga maʼlum qilishi shart.
Ushbu Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaxslar vasiyatnomalarni oʻzgartirish va bekor qilish, shuningdek ishonchnomaning amal qilishini tugatish uchun asos boʻladigan hujjatning bittadan nusxasini ushbu moddada belgilangan tartibda kechiktirmay notarial idoraga berishi shart»;
13) 28-modda birinchi qismining 1-bandidagi «ushbu Qonun
44-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan va Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan mol-mulkni» degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan koʻchmas mol-mulkni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 29-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Notarial harakatni amalga oshirish chogʻida notariuslar tomonidan audio va videoyozuv vositalaridan foydalanilishi mumkin”;
15) 31-moddaning toʻrtinchi qismi “notarial harakatni amalga oshirish” degan soʻzlardan keyin “bir marotaba” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
16) 32-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning shaxsini aniqlashda notarius tegishli axborot resurslaridan foydalanadi”;
17) 34-moddaning:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bitimlar, arizalar va boshqa hujjatlar taraflar tomonidan barmoq izlarini olish yoʻli bilan tasdiqlanishi mumkin”;
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunday hollarda notarial harakatlarni amalga oshirish chogʻida videoyozuv vositalaridan foydalaniladi”;
18) 35-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Agar hujjatdagi mavjud izoh berilmagan tuzatishlar yoki boshqa kamchiliklar taqdim etilgan hujjatning maqsadi uchun ahamiyatsiz boʻlsa, notarius bunday hujjatni notarial harakatni amalga oshirish uchun qabul qilishga haqli”;
19) 37-moddadagi “shuningdek mazkur notarial idoraning xodimlari nomiga va ularning nomidan” degan soʻzlar chiqarib
tashlansin;
20) 40-moddaning ikkinchi qismidagi “ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan soʻzlar “ikkinchi – toʻrtinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
21) 44-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
22) 62-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
23) 63-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Agar marhum erdan (xotindan) keyin xotin (er) tomonidan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomani olish haqida yozma ariza berilmasa, er- xotinning umumiy mol-mulkidagi ulush ajratilmaydi”;
uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
24) 65-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«65-modda. Hujjatlar koʻchirma nusxalarining va hujjatlardan
olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlash
Notariuslar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan hujjatlar koʻchirma nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlaydi.
Koʻchirma olinayotgan hujjatda oʻzaro bogʻliq boʻlmagan bir nechta alohida masalaga oid qarorlar mavjud boʻlgan taqdirdagina koʻchirmaning toʻgʻriligi shahodatlanishi mumkin. Koʻchirma hujjatning muayyan masalaga doir qismining toʻla matnini aks ettirishi kerak.
Notarius hujjatlar koʻchirma nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlar ekan, hujjat mazmunining qonuniyligini, unda bayon qilingan faktlarning haqiqatga mosligini, uni imzolagan jismoniy shaxslarning shaxsini, muomalaga layoqatliligi va vakolatlarini, hujjatni yuborgan yuridik shaxsning huquq layoqatini tasdiqlamaydi.
Agar bir qismi boshqa hujjatning koʻchirma nusxasini ifodalagan bir necha varaqdan iborat hujjat aslining koʻchirma nusxasi yoki hujjatning aslidan olingan koʻchirma toʻgʻriligi shahodatlanayotgan boʻlsa, tasdiqlov yozuvida bu haqda belgi qoʻyiladi»;
25) 67-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«67-modda. Hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini
shahodatlash
Notarius imzoning haqiqiyligini shahodatlar ekan, hujjatda bayon etilgan faktlarni emas, balki faqat imzoning muayyan shaxs tomonidan qoʻyilganligini tasdiqlaydi.
Bitimni ifodalovchi hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlashga yoʻl qoʻyilmaydi»;
26) quyidagi mazmundagi 701-modda bilan toʻldirilsin:
«701-modda. Yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror
qabul qilinganligi faktini tasdiqlash
Notarius yuridik shaxsning rahbar organi yigʻilishini chaqiruvchi organning yoki shaxsning iltimosiga koʻra ushbu yigʻilish oʻtkazilishi chogʻida hozir boʻladi va yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlash toʻgʻrisida hamda ushbu qarorni qabul qilish chogʻida hozir boʻlgan ishtirokchilarning (aksiyadorlarning) tarkibi haqida guvohnoma beradi.
Notarius yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini belgilash uchun yuridik shaxsning huquq layoqatini tekshiradi, yuridik shaxs rahbar organining qaror qabul qilish borasidagi vakolatini, yigʻilishda kvorum mavjudligini va ovozlarni sanab chiqish asosida qaror qabul qilish uchun kerakli ovozlar soni mavjudligini qonun hujjatlariga va yuridik shaxsning taʼsis hujjatlariga muvofiq aniqlaydi»;
27) 12-bobning nomidagi «arizalarini» degan soʻzlar «arizalari va (yoki) boshqa hujjatlarini» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
28) 73-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«73-modda. Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarni topshirish
Notarius jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari va (yoki) oʻzga hujjatlarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi.
Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlar ularning topshirilganligini maʼlum qilish sharti bilan pochta orqali yuboriladi yoki bevosita tegishli shaxslarga imzo qoʻydirib topshiriladi. Arizalar telefaks, kompyuter tarmoqlari va boshqa texnik vositalardan foydalanib ham uzatilishi mumkin. Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarni topshirish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini notarial harakatni amalga oshirishni soʻragan shaxs qoplaydi.
Shaxsning iltimosiga koʻra notarius arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarning topshirilganligi haqida guvohnoma beradi»;
29) 91-moddaning:
birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi organi rasmiylashtirgan” degan soʻzlar “rasmiylashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi “rasmiylashtirilmagan” degan soʻzdan keyin “yoki apostil qoʻyilmagan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan “Advokatura toʻgʻrisida”gi 349–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 2,
48-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda; 2008 yil,
№ 12, 641-modda; 2009 yil, № 9, 337-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 3-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Advokat quyidagilardan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishga haqli emas:
ilmiy va pedagogik faoliyat;
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasidagi (bundan buyon matnda Advokatlar palatasi deb yuritiladi) va uning hududiy boshqarmalaridagi faoliyat;
patent vakili va mediator sifatidagi faoliyat;
shartnomaviy-huquqiy asosda davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi sifatidagi faoliyat;
hakamlik sudlarida va xalqaro tijorat arbitrajlarida (sudlarida) sudya sifatidagi faoliyat»;
2) 31-modda:
ikkinchi qismidagi “olti” degan soʻz “uch” degan soʻz bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi sifatida, sudya, tergovchi, surishtiruvchi yoki prokuror lavozimida kamida uch yil yuridik mutaxassislik boʻyicha ish stajiga ega boʻlgan shaxs advokatlik tuzilmasida stajirovkadan oʻtmasdan malaka imtihonida ishtirok etishga haqli”;
uchinchi – sakkizinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi – toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin;
toʻrtinchi qismidagi «bir yildan» degan soʻzlar “olti oydan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 4-moddaning oltinchi va yettinchi qismlari quyidagi mazmundagi oltinchi – oʻninchi qismlar bilan almashtirilsin:
«Advokatlik firmasining yoki advokatlar hayʼatining joylashgan yeri yashash uchun moʻljallanmagan joyda boʻlishi kerak.
Advokatlik byurolarini taʼsis etgan advokatlar oʻz faoliyatini mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda oʻzlariga tegishli boʻlgan turar joylarda amalga oshirishi mumkin, bunda advokatga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joylarni advokatlik byurosi faoliyatida foydalanish maqsadida yashash uchun moʻljallanmagan joylar toifasiga oʻtkazish talab qilinmaydi.
Advokatlik tuzilmalari fuqarolar va yuridik shaxslarga yuridik yordam koʻrsatganlik uchun ulardan tushadigan pul mablagʻlari (daromadlar) hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan taʼminot oladi.
Advokatlar advokatlarning jamoat birlashmalarini tuzishi mumkin.
Advokatlik firmasi va advokatlar hayʼati Oʻzbekiston Respublikasi hududida hamda chet davlatlarda ushbu davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq oʻzining alohida boʻlinmalarini (vakolatxonalari va filiallarini) tashkil etishga haqli. Bunda advokatlik firmasi va advokatlar hayʼati alohida boʻlinmani ochish toʻgʻrisidagi qarori haqida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni oldindan xabardor qiladi»;
4) 5-moddaning birinchi qismi:
toʻrtinchi xatboshisi «fuqarolik» degan soʻzdan keyin “iqtisodiy va maʼmuriy” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«jinoyat ishlari boʻyicha surishtiruv, dastlabki tergov bosqichida
va sudda himoyachi, jabrlanuvchining vakili, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar sifatida ishtirok etadi»;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“hakamlik sudida va xalqaro tijorat arbitrajida (sudida) vakillikni amalga oshiradi”;
5) 6-modda birinchi qismining:
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni oʻtkazish va ishni sudda koʻrib chiqish chogʻida yoki maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqayotgan organlarda va boshqa vakolatli organlarda maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi ish yoki jinoyat ishi materiallariga qoʻshib qoʻyilishi, shuningdek albatta baholanishi lozim boʻlgan dalillarni toʻplash va taqdim etish”;
toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan maxfiylik taʼminlanadigan sharoitlarda (shu jumladan uni qamoqda saqlab turish davrida) uchrashuvlarning soni, davomiyligi cheklanmagan holda hamda ishni yuritishga masʼul boʻlgan davlat organlari va mansabdor shaxslarning ruxsatisiz xoli uchrashish”;
6) quyidagi mazmundagi 71-modda bilan toʻldirilsin:
«71-modda. Advokat soʻrovi
Advokat davlat organlariga va boshqa organlarga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga mazkur organlar hamda tashkilotlarning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan advokat tomonidan malakali yuridik yordam koʻrsatilishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni (bundan buyon matnda axborot (hujjatlar) deb yuritiladi) taqdim etish masalalari yuzasidan advokat soʻrovini (bundan buyon matnda advokat soʻrovi deb yuritiladi) yuborishga haqli.
Axborot (hujjatlar), shuningdek ularning koʻchirma nusxalari advokat soʻrovi olingan sanadan eʼtiboran oʻn besh kundan kechiktirmay taqdim etiladi.
Agar davlat organi yoki boshqa organ, shuningdek korxona, muassasa, tashkilot soʻralayotgan axborotga (hujjatlarga) ega boʻlmasa, ular oʻzlariga murojaat etgan advokatga soʻrov olingan sanadan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay bu haqda xabar qilishi shart.
Advokat tomonidan ish boʻyicha surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi boshlanganligi toʻgʻrisida dalolat beradigan hujjat taqdim etilgan taqdirda, soʻrovda koʻrsatilgan axborot (hujjatlar) uch ish kunidan kechiktirmay taqdim etilishi kerak.
Advokat soʻrovida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
soʻrov yuborilayotgan davlat organi yoki boshqa organning, shuningdek korxona, muassasa, tashkilotning nomi va pochta manzili;
advokatning familiyasi, ismi, otasining ismi;
advokat oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan advokatlik tuzilmasining nomi, pochta manzili, elektron pochta manzili, telefon raqami;
advokat soʻrovini qayd etish daftaridagi advokat soʻrovining roʻyxatdan oʻtkazilganlik raqami va sanasi;
advokat kimning manfaatlarini koʻzlab harakat qilayotgan boʻlsa, oʻsha jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yuridik shaxsning nomi;
yuridik yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan axborot (hujjatlar);
soʻralayotgan axborotni (hujjatlarni) berish usuli (pochta joʻnatmasi, faksimil aloqa, elektron pochta, bevosita topshirish);
advokatning imzosi.
Advokat soʻroviga orderning koʻchirma nusxasi ilova qilinadi.
Agar advokatlik soʻrovini olgan subyekt soʻralayotgan axborotga (hujjatlarga) ega boʻlmasa yoki maʼlumotlarda davlat sirlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sir mavjud boʻlsa, shuningdek advokat soʻrovida ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlarida nazarda tutilgan axborot (hujjatlar) koʻrsatilmagan boʻlsa, soʻralayotgan axborotni (hujjatlarni) advokatga taqdim etish rad etilishi mumkin.
Advokat soʻrovi advokatlik siriga rioya etilgan holda axborot tizimi orqali elektron shaklda ham berilishi mumkin.
Advokat soʻroviga axborotni (hujjatlarni) taqdim etmaslik,
oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoxud bila turib yolgʻon yoki notoʻgʻri axborot (hujjatlar) taqdim etganlik qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi»;
7) 10-modda:
birinchi qismi “u yoki bu tarzda” degan soʻzlardan keyin “bevosita yoki bilvosita” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Sudning advokatni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish toʻgʻrisidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda, sudya bir sutka ichida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligini va Advokatlar palatasini yozma shaklda xabardor qiladi”;
8) 123-modda:
uchinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Ayni bir shaxs ketma-ket ikki muddatdan ortiq Advokatlar palatasining raisi boʻlishi mumkin emas”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Advokatlar palatasining raisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun loyihalarini muhokama qilish boʻyicha majlislarida ishtirok etishga va ular yuzasidan fikr-mulohazalar bildirishga haqlidir”;
toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;
9) 13-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Malaka komissiyalari hamkasblari orasida hurmatga sazovor boʻlgan advokatlar, shuningdek huquq sohasidagi tajribali mutaxassislar orasidan toq miqdorda Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalarining va adliya organlarining qoʻshma qarorlari bilan tuziladi.
Malaka komissiyalarining qarorlari ustidan keltirilgan apellyatsiyalarni koʻrib chiqish, malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish uchun Advokatlar palatasi huzurida Oliy malaka komissiyasi tuziladi. Oliy malaka komissiyasining tarkibi hamkasblari orasida hurmatga sazovor boʻlgan advokatlar, shuningdek huquq sohasidagi tajribali mutaxassislar orasidan toq miqdorda Advokatlar palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi»;
10) 131-moddaning:
birinchi qismi:
birinchi xatboshisidagi “advokatga guvohnoma bergan adliya organining” degan soʻzlar “malaka komissiyalarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi – beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
«taʼlim muassasalariga, shu jumladan kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kurslariga oʻqishga kirganda – oʻqish davriga, biroq koʻpi bilan uch yilga;
homiladorlik va tugʻish, uch yoshgacha boʻlgan bolani parvarish qilish boʻyicha taʼtillar berilganda – taʼtil vaqtiga;
advokat yoki uning yaqin qarindoshi ogʻir kasalligi sababli vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik tufayli tibbiy xulosa taqdim etilganda – sogʻayguncha, biroq koʻpi bilan bir yilga»;
uchinchi – yettinchi xatboshilari tegishincha oltinchi – oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Advokatda advokatlik faoliyati bilan bir oydan ortiq muddatga shugʻullanishdan ozod qilinishiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar mavjud boʻlganda, advokatning maqomi uning arizasiga binoan bunday ozod qilinish muddatiga toʻxtatib turilishi mumkin”;
ikkinchi – beshinchi qismlari tegishincha uchinchi – oltinchi qismlar deb hisoblansin;
beshinchi qismidagi “uchinchi va toʻrtinchi” degan soʻzlar “uchinchi – beshinchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 14-modda:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Intizomiy ish yuritish malaka komissiyalarining yoki Oliy malaka komissiyasining qarori bilan qoʻzgʻatiladi»;
toʻrtinchi qismi:
uchinchi xatboshisidagi “birinchi qismining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilariga” degan soʻzlar “ikkinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “birinchi qismining toʻqqizinchi, oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilariga” degan soʻzlar «ikkinchi qismining ikkinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilariga» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Advokatga nisbatan intizomiy jazo nojoʻya xatti-harakat sodir etilgan kundan eʼtiboran olti oy oʻtganidan keyin, moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natijalari boʻyicha esa, advokat tomonidan nojoʻya xatti-harakat sodir etilgan kundan eʼtiboran ikki yil oʻtganidan keyin qoʻllanilishi mumkin emas”;
12) 15-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish advokat jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda u ayblanuvchi tariqasida jalb etilgan paytdan boshlab va sud hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar yoxud reabilitatsiya qiluvchi asoslarga binoan uni jinoiy javobgarlikdan ozod etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinguniga qadar advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori bilan amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish advokatga guvohnoma bergan adliya organining yoki Advokatlar palatasining murojaatiga koʻra maʼmuriy sudning qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasining yoki adliya organining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan, shu jumladan advokatning zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklaydigan qarorlari advokat tomonidan bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda;
advokat tomonidan advokatura toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi buzilganligi aniqlanganda.
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish muddati olti oydan oshishi mumkin emas, bundan advokat jinoyat ishida ishtirok etishga ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan hol mustasno. Litsenziyasining
amal qilishi toʻxtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni, agar ular bartaraf etib boʻlmaydigan xususiyatga ega boʻlmasa, koʻrsatilgan muddatda bartaraf etishi shart.
Adliya organining litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish advokat maqomining toʻxtatib turilishiga sabab boʻladi»;
13) 16-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Litsenziyaning amal qilishini tugatish advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
advokat litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etganda, agar ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) buni talab qilsa, ilgari qabul qilingan topshiriqni bajarib boʻlganidan soʻng;
agar litsenziya berish uchun qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisida bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan eʼtiboran uch oy ichida talabgor litsenziya berganlik uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni adliya organiga taqdim etmagan boʻlsa;
ushbu Qonun 31-moddasining yettinchi qismida va 131-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan talablar bajarilmaganda;
advokatning muomala layoqati cheklanganda yoki u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
sudning advokatni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish haqidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
advokat Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda;
advokat vafot etganda yoki sudning uni vafot etgan deb eʼlon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirganda.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish maʼmuriy sud tomonidan Oliy malaka komissiyasining xulosasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining murojaatiga koʻra quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
advokat kasbiga doir vazifalarini olti oy mobaynida uzrsiz sabablarga koʻra bajarmaganda;
litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda;
litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorning gʻayriqonuniy ekanligi aniqlanganda;
litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilishiga olib kelgan holatlarni sud tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etmaganda;
advokat tomonidan advokatura toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilganda, advokatning shaʼni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan hamda advokaturaning obroʻsini tushiradigan qilmish sodir etilganda.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham maʼmuriy sud tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran amalga oshiriladi.
Adliya organining litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish advokat maqomining tugatilishiga sabab boʻladi.
Adliya organi uch kunlik muddatda Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasini advokatning maqomi tugatilganligi haqida xabardor qiladi, shuningdek tegishli xabarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi. Advokat maqomining tugatilishi advokatning Advokatlar palatasiga aʼzoligi tugatilishiga sabab boʻladi.
Ushbu modda ikkinchi qismining beshinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra litsenziyasining amal qilishi tugatilgan shaxs uch yil mobaynida talabgor boʻlishga haqli emas».
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan 713–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, № 1, 4-modda; 2001 yil, № 5,
89-modda; 2004 yil, № 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 6, 260-modda;
2007 yil, № 1, 3-modda, № 4, 156-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda;
2009 yil, № 12, 470-modda; 2011 yil, № 12/2, 365-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda; 2016 yil,№ 4, 125-modda; 2018 yil, № 1, 1-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 27-moddaning birinchi qismidagi va 28-moddaning matnidagi “mazkur fuqarolarga, ularning oila aʼzolariga, shuningdek ushbu uylarda (kvartiralarda) doimiy yashayotgan fuqarolarga” degan soʻzlar “mulkdorlarga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2) 32-moddaning oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Xususiylashtirilgan kvartirani yoki uyni sotish, ayirboshlash, hadya qilish yoki ijaraga, arendaga berish kvartira yoki uy mulkdorining voyaga yetgan oila aʼzolarining va kvartirani yoki uyni xususiylashtirish uchun rozilik bergan shaxslarning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Uy-joyni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxsning turar joydan foydalanish huquqi uning vafotidan keyin ochiladigan meros tarkibiga kirmaydi. Xususiylashtirilgan uy-joy mulkdorining voyaga yetmagan oila aʼzolari manfaatlarini ularning ota-onasi, ular boʻlmagan taqdirda esavasiylik va homiylik organlari ifodalaydi»;
3) 86-moddaning:
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007 yil 25 dekabrda qabul qilingan OʻRQ–136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, 12-songa 1-ilova; 2008 yil, № 12, 639-modda; 2009 yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010 yil, № 5, 178-modda, № 9, 334, 335, 336,
337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 474-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 9, 248-modda, № 12/2, 364, 365-moddalar; 2012 yil, № 4, 106-modda,
№ 9/1, 238-modda, № 12, 334, 336-moddalar; 2013 yil, № 10, 263-modda,
№ 12, 349-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341,
343-moddalar; 2015 yil, № 8, 312-modda, № 12, 452, 454-moddalar;
2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 384, 385-moddalar; 2017 yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10,
605-modda, № 12, 772, 773-moddalar; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 431, 433-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 84-moddaning uchinchi qismidagi “turar joyni ijaraga berish shartnomasini, tekin foydalanishga berish shartnomasini majburiy notarial tasdiqlanishiga” degan soʻzlar “davlat soliq xizmati organlarida ijaraga berish shartnomasining majburiy hisobga qoʻyilishiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 341-moddaning uchinchi qismi “belgi qoʻyiladi” degan soʻzlardan keyin “bundan pensiyalar va nafaqalar olish uchun ishonchnomalarni tasdiqlash hollari mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
8-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 1-moddasining 1-bandi, 2-moddasi, 3-moddasining
2–29-bandlari, 5-moddasining 2 va 3-bandlari hamda 6-moddasi
2019 yil 1 yanvardan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining
Prezidenti Sh. Mirziyoyev
O’zA