Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga
jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartish
va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 12 sentyabrda
qabul qilingan
Senat tomonidan 2018 yil 27 sentyabrda
maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165-modda; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007 yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008 yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010 yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018 yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 19-moddaning matni “giyovandlik vositalari” degan soʻzlardan keyin “ularning analoglari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 56-modda birinchi qismining «o» bandi “giyovandlik vositalari” degan soʻzlardan keyin “ularning analoglari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 127-modda:
birinchi qismining dispozitsiyasi “giyovandlik” degan soʻzdan keyin “vositalari va ularning analoglari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi qismining dispozitsiyasi “giyovandlik vositalari” degan soʻzlardan keyin “ularning analoglari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) 1863-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«1863-modda. Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish, shuningdek dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish
Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish, shuningdek dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, –
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) koʻp miqdorda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) mansab mavqeini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa;
d) badanga oʻrtacha ogʻir yoxud ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa;
ye) dori vositalari yoki tibbiy buyumlarning sifati va davlat roʻyxatidan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlarni qalbakilashtirish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, –
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) juda koʻp miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa;
v) odam oʻlishiga sabab boʻlsa, –
sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) odamlar oʻlimiga sabab boʻlsa;
b) boshqacha ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, –
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi»;
5) 1921-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi»;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi»;
uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«eng kam oylik ish haqining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi»;
6) 1922-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi»;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi»;
uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«eng kam oylik ish haqining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi»;
7) 1923-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi»;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi»;
uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«eng kam oylik ish haqining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib,
besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi»;
8) 1924–modda birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi»;
9) 1925-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«muayyan huquqdan mahrum qilib, eng kam oylik ish haqining
yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi»;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi «ikki yuz baravaridan besh yuz baravarigacha» degan soʻzlar «uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 1926-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi»;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi»;
11) 1927-moddaning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi»;
12) 1928-moddaning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi»;
13) 207-modda uchinchi qismining «b» bandi “giyovandlik vositalari” degan soʻzlardan keyin “ularning analoglari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
14) 246-modda:
birinchi qismining dispozitsiyasi “giyovandlik vositalari” degan soʻzlardan keyin “ularning analoglari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi qismining dispozitsiyasi “giyovandlik vositalari” degan soʻzlardan keyin “ularning analoglari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
15) 2511-modda birinchi qismining dispozitsiyasi “Giyovandlik vositalari” degan soʻzlardan keyin “ularning analoglari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
16) 261-moddaning dispozitsiyasi “giyovandlik vositalari” degan soʻzlardan keyin “ularning analoglari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
17) 271-modda:
nomi «Giyovandlik vositalari» degan soʻzlardan keyin «ularning analoglari» degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
birinchi qismining dispozitsiyasi “Giyovandlik vositalari” degan soʻzlardan keyin “ularning analoglari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
18) 273-modda:
nomi «Giyovandlik vositalari» degan soʻzlardan keyin «ularning analoglari» degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
birinchi qismining dispozitsiyasi “Giyovandlik vositalari” degan soʻzlardan keyin “ularning analoglari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi qismining dispozitsiyasi “Giyovandlik vositalari” degan soʻzlardan keyin “ularning analoglari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
beshinchi qismining dispozitsiyasi “Giyovandlik vositalari” degan soʻzlardan keyin “ularning analoglari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
oltinchi qismining dispozitsiyasi “giyovandlik vositalari” degan soʻzlardan keyin “ularning analoglari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
19) 274-modda:
nomi «Giyovandlik vositalari» degan soʻzlardan keyin «ularning analoglari» degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
birinchi qismining dispozitsiyasi “Giyovandlik vositalari” degan soʻzlardan keyin “ularning analoglari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
20) 275-moddaning:
nomi «Giyovandlik vositalari» degan soʻzlardan keyin «ularning analoglari» degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
dispozitsiyasi “Giyovandlik vositalari” degan soʻzlardan keyin “ularning analoglari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
21) 276-modda:
nomi «Giyovandlik vositalari» degan soʻzlardan keyin «ularning analoglari» degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
birinchi qismining dispozitsiyasi “Giyovandlik vositalari”
degan soʻzlardan keyin “ularning analoglari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi qismining dispozitsiyasi “giyovandlik vositalari” degan soʻzlardan keyin “ularning analoglari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
22) 2783-moddaning:
nomi «Kompyuter tizimidan» degan soʻzlardan keyin «shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlaridan» degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
birinchi qismining dispozitsiyasi “kompyuter tizimidan” degan soʻzlardan keyin “shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlaridan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
23) quyidagi mazmundagi 2787-modda bilan toʻldirilsin:
«2787-modda. Telekommunikatsiya tarmogʻidan qonunga
xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish
Oʻrnatilgan himoya tizimlarini chetlab oʻtgan holda telekommunikatsiya tarmogʻidan foydalanish va xalqaro trafikni oʻtkazish maqsadida telekommunikatsiya tarmogʻidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, shuningdek mazkur maqsadlar uchun moʻljallangan maxsus dasturiy yoki apparat vositalarini qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) saqlash va ularning faoliyat koʻrsatishi uchun sharoitlar yaratish –
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
v) xizmat mavqeidan foydalanib;
g) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, –
eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi».
24) sakkizinchi boʻlim:
quyidagi mazmundagi atama bilan toʻldirilsin:
«Giyovandlik vositalarining analoglari – kimyoviy tuzilishi va xossalariga koʻra giyovandlik vositalariga oʻxshash boʻlgan, ular singari ruhiyatga faol taʼsir etadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar»;
«Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalardan qonunga xilof ravishda foydalanishdagi koʻp miqdor» degan atama quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Giyovandlik vositalaridan, ularning analoglaridan yoki psixotrop moddalardan qonunga xilof ravishda foydalanishdagi koʻp miqdor»;
«Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalardan qonunga xilof ravishda foydalanishdagi ozginadan koʻproq miqdor» degan atama quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Giyovandlik vositalaridan, ularning analoglaridan yoki psixotrop moddalardan qonunga xilof ravishda foydalanishdagi ozginadan koʻproq miqdor»;
«Giyovandlik vositalari», «Prekursorlar», «Psixotrop modda» degan atamalarninghuquqiy maʼnosi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Giyovandlik vositalari – giyovandlik vositalari roʻyxatlariga kiritilgan va Oʻzbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar, tarkibida giyovandlik moddasi mavjud boʻlgan preparatlar va oʻsimliklar;
Prekursorlar – prekursorlar roʻyxatiga kiritilgan va Oʻzbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, giyovandlik vositalarini, ularning analoglarini va psixotrop moddalarni tayyorlash uchun foydalaniladigan moddalar;
Psixotrop moddalar – psixotrop moddalar roʻyxatiga kiritilgan va Oʻzbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar».
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 12, 269-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 1–2, 11, 23-moddalar, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 1–2,
18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 12, 418-modda; 2006 yil, № 6, 261-modda; 2007 yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011 yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012 yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014 yil, № 9, 244-modda; 2015 yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017 yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda;
2018 yil, № 1, 1-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 173-modda birinchi qismining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7) giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar va ularning turi mavjudligini”;
2) 345-moddaning beshinchi qismi “278-moddasi ikkinchi va toʻrtinchi qismlarida” degan soʻzlardan keyin «2787-moddasi ikkinchi qismida» degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 3812-modda birinchi qismining 1-bandi «2781–2786-moddalarida» degan soʻzlardan keyin «2787-moddasi birinchi qismida» degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996 yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 24–moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ashyolarni ularning haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish, musodara qilish va maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan) mahrum etish ham asosiy, ham qoʻshimcha maʼmuriy jazo tariqasida, ushbu Kodeksning 23-moddasida nazarda tutilgan boshqa maʼmuriy jazo choralari esa faqat asosiy jazo tariqasida qoʻllanilishi mumkin”;
2) 56-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«56-modda. Giyovandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni oz miqdorda gʻayriqonuniy ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish
Giyovandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay oz miqdorda gʻayriqonuniy ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish –
giyovandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni musodara qilib, eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud giyovandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni musodara qilib, oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoq jazosiga sabab boʻladi»;
3) quyidagi mazmundagi 591-modda bilan toʻldirilsin:
«591-modda. Hayoti yoki sogʻligʻi uchun xavfli holatda
boʻlgan shaxsga shoshilinch va (yoki) kechiktirib
boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatishni
asossiz ravishda rad etish
Hayoti yoki sogʻligʻi uchun xavfli holatda boʻlgan shaxsga tibbiyot tashkilotlarida qonunga yoki maxsus qoidalarga muvofiq shoshilinch va (yoki) kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatishi kerak boʻlgan shaxs tomonidan shunday yordam koʻrsatishni asossiz ravishda rad etish –
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, –
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi»;
4) 125-modda birinchi qismining sanksiyasidagi “beshdan bir” degan soʻzlar “ikkidan bir” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 1281-modda:
birinchi qismining sanksiyasidagi “ikki” degan soʻz “uch” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “uch” degan soʻz “toʻrt” degan soʻz bilan almashtirilsin;
6) 1283-modda:
uchinchi qismining sanksiyasidagi “yetti” degan soʻz “toʻqqiz” degan soʻz bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam ish haqining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum qilishga sabab boʻladi”;
beshinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum qilib, eng kam ish haqining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
7) 131-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, eng kam ish haqining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam ish haqining qirq baravari miqdorida jarima solishga yoki oʻn besh sutka muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi”;
uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yildan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, eng kam ish haqining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
8) 133-modda birinchi qismining sanksiyasidagi “uch baravaridan besh baravarigacha” degan soʻzlar “besh baravaridan yetti baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 134-moddaning sanksiyasidagi “bir baravaridan ikki baravarigacha” degan soʻzlar “ikki baravaridan toʻrt baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 135-modda:
birinchi qismining sanksiyasidagi “ikkidan bir qismi” degan soʻzlar “bir baravari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “uch” degan soʻz “besh” degan soʻz bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining sanksiyasidagi “besh” degan soʻz “oʻn” degan soʻz bilan almashtirilsin;
11) 136-modda birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, eng kam ish haqining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
12) quyidagi mazmundagi 1552-modda bilan toʻldirilsin:
«1552-modda. Telekommunikatsiya tarmogʻidan qonunga xilof
ravishda (ruxsatsiz) foydalanish
Telekommunikatsiya tarmogʻidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, jinoyat alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda –
huquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – yigirma baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi»;
13) 164-modda:
toʻrtinchi qismining dispozitsiyasidagi “dori-darmon vositalari yoki tibbiy buyumlar bilan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
beshinchi qismining dispozitsiyasidagi “Dori-darmon vositalari yoki tibbiy buyumlari yoxud” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
14) 1651-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«1651-modda. Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish, shuningdek dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish
Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish, shuningdek dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, –
mazkur huquqbuzarliklarni sodir etish qurollari va ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi»;
15) 178-moddaning yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan tovar (ish, xizmat) tufayli isteʼmolchilarga zarar yetkazish, shuningdek isteʼmolchilarga tovarlar (ishlar, xizmatlar) toʻgʻrisida axborot taqdim etmaganlik yoki bila turib notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etganlik, shu jumladan isteʼmolchilarni tovarning isteʼmolga oid xususiyatlari yoki sifati xususida chalgʻitish, tovarni unga oʻxshash mahsulotlar bilan almashtirib qoʻyish, mahsulotning xususiyatlari va sifatini qasddan oʻzgartirish, xuddi shuningdek qalbakilashtirilgan oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish, olib kirish va realizatsiya qilish –
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Yaroqlilik muddati oʻtgan tovarlarni, shuningdek ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilishi shartligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tovarlarni ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilmagan holda realizatsiya qilish hamda sotish uchun qabul qilganlik –
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning uchinchi – sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etish –
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi»;
16) 188-moddaning dispozitsiyasi “giyovandlik” degan soʻzdan keyin “vositalari, ularning analoglari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
17) 1981-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Eng kam ish haqining oʻn baravariga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi summani undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatining mazkur hujjatni ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun davlat ijrochisi belgilagan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmasligi –
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Eng kam ish haqining oʻn baravaridan koʻp miqdordagi summani undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatining ushbu hujjatning ixtiyoriy ravishda ijro etilishi uchun belgilangan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmasligi yoki qarzdorning zimmasiga muayyan harakatlarni bajarish yoxud bu harakatlarni bajarishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatining davlat ijrochisi belgilagan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmasligi –
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi»;
18) 2411-moddaning sanksiyasidagi «yigirma baravaridan oltmish baravarigacha» degan soʻzlar «qirq baravaridan sakson baravarigacha» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19) 2412-moddaning sanksiyasidagi «yigirma baravaridan oltmish baravarigacha» degan soʻzlar «qirq baravaridan sakson baravarigacha» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20) 2413-moddaning sanksiyasidagi «yigirma baravaridan oltmish baravarigacha» degan soʻzlar «qirq baravaridan sakson baravarigacha» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
21) 2414-moddaning sanksiyasidagi «oʻn baravaridan yigirma baravarigacha» degan soʻzlar «yigirma baravaridan qirq baravarigacha» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
22) 2415-moddaning sanksiyasidagi «oʻn baravaridan yigirma baravarigacha» degan soʻzlar «yigirma baravaridan qirq baravarigacha» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
23) 2416-moddaning sanksiyasidagi «oʻn baravaridan yigirma baravarigacha» degan soʻzlar «yigirma baravaridan qirq baravarigacha» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
24) 2417-moddaning sanksiyasidagi «oʻn baravaridan yigirma baravarigacha» degan soʻzlar «yigirma baravaridan qirq baravarigacha» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
25) 2418-moddaning sanksiyasidagi «yigirma baravaridan oltmish baravarigacha» degan soʻzlar «qirq baravaridan sakson baravarigacha» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
26) 24110-modda:
birinchi qismining sanksiyasidagi «oʻn baravaridan yigirma baravarigacha» degan soʻzlar «yigirma baravaridan qirq baravarigacha» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi «yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha» degan soʻzlar «qirq baravaridan oltmish baravarigacha» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
27) 24111-modda:
birinchi qismining sanksiyasidagi «yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha» degan soʻzlar «ellik baravaridan yuz baravarigacha» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi «ellik baravaridan yuz baravarigacha» degan soʻzlar «yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
28) 245-moddaning birinchi qismi:
“59” raqamidan keyin «591» raqami bilan toʻldirilsin;
«1551» raqamidan keyin «1552» raqami bilan toʻldirilsin;
29) 287-modda birinchi qismining 1-bandi “ushbu Kodeksning” degan soʻzlardan keyin «474, 475» raqamlari bilan toʻldirilsin;
30) 343-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Muayyan muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan yoki ov qilish huquqidan mahrum etilgan shaxs mehnatga halol munosabatda boʻlishi va namunali xulq-atvori bilan oʻzini koʻrsatgan taqdirda, unga nisbatan jazo qoʻllagan maʼmuriy sud bunday huquqdan mahrum qilish muddatini belgilangan muddatning kamida yarmi oʻtgach va sud tomonidan tayinlangan jarima toʻlangach, korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyatining iltimosi bilan qisqartirishi mumkin».
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999 yil 19 avgustda qabul qilingan «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida»gi 813–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, № 9, 210-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 10, 536-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda; 2017 yil, № 4, 138-modda, № 6, 300-modda)
3-moddasining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«prekursorlar – prekursorlar roʻyxatiga kiritilgan va Oʻzbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini va psixotrop moddalarni tayyorlash uchun foydalaniladigan moddalar».
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 3-moddasining 15-bandi mazkur Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Ushbu Qonun 3-moddasining 3-bandi, 28-bandining ikkinchi xatboshisi mazkur Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining
Prezidenti Sh. Mirziyoyev