O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Meva-sabzavotchilik sohasida mahsulot ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, xizmat ko‘rsatish va sotish (eksport qilish) jarayonlarini o‘zaro integratsiya qilish, klasterlar (kooperatsiya) faoliyatini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va eksport hajmini oshirish maqsadida:
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra 2022 yil 1 yanvardan boshlab Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda – Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan tijorat banklari orqali quyidagilarga:
a) fermer, dehqon xo‘jaliklari va boshqa mahsulot yetishtiruvchilarga – meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, ko‘katlar va dorivor o‘simliklar, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish uchun hosil qiymatining 50 foizigaчa yillik 14 foiz (shundan 2 foizi bank marjasi) stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga kreditlar ajratiladi;
b) meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga – yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilishga talab etiladigan aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun yillik 14 foiz (shundan 2 foizi bank marjasi) stavkada 12 oylik “revolver” kredit ajratiladi. Bunda, ushbu kredit hisobidan klaster va kooperatsiyalarning tijorat banklaridan olingan boshqa kreditlarini so‘ndirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
2. Mazkur qarorning 1-bandida ko‘zda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan Jamg‘armaga 2 trillion so‘m byudjet ssudasi ajratiladi.
Moliya vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga asosan kelgusi yillar hosilini moliyalashtirish uchun talab etiladigan mablag‘larning Jamg‘armaga ajratib borilishini ta’minlasin.
3. Belgilansinki, 2022 yil 1 martdan boshlab:
a) meva-sabzavotchilik klasterlari (kooperatsiyalar) va fermer xo‘jaliklariga – eksport shartnomasi mavjud bo‘lib, meva-sabzavot hosilini xavf-xatardan sug‘urtalash xizmatidan foydalanganda to‘langan sug‘urta mukofotining 50 foizi, biroq sug‘urta pulining 1 foizдaн ortiq bo‘lmagan qismi qoplab beriladi. Bunda, sug‘urta puli xavf-xatardan sug‘urta qilinayotgan hosil qiymatining 70 foiziдaн kam bo‘lishi mumkin emas;
b) meva-sabzavotchilik klasterlariga (kooperatsiyalarga) – xorijdan malakali agronom, entomolog, laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq bir oyga 1 nafar mutaxassis uchun 1 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan qismi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tuman bo‘limlari orqali kompensatsiya qilinadi. Bunda, meva-sabzavotchilik klasterlariga o‘ziga biriktirilgan mahsulot yetishtiruvchilar uchun bog‘ va tokzorlarni barpo etish, sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazish tavsiya etiladi;
v) mazkur bandda ko‘zda tutilgan kompensatsiya xarajatlari Qishloq xo‘jaligi vazirligining buyurtmasi asosida O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladi.
4. Mazkur qarorning 1 va 3-bandlarida nazarda tutilgan preferensiya va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tadbirlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, ularni xarid qiluvchi tashkilot hamda tijorat banki o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga ega bo‘lgan, shuningdek, ushbu shartnomalarni Yagona elektron shartnomalar axborot portalida ro‘yxatdan o‘tkazgan tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Davlat soliq qo‘mitasi (Sh.D.Kudbiyev) mazkur bandda nazarda tutilgan shartnomalarni Yagona elektron shartnomalar axborot portalida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 2022 yil 1 fevralga qadar texnik imkoniyatlarni yaratsin.
5. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda Jahon bankining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida jalb etilgan 65 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lari hisobidan kichik agrologistika markazlarini barpo etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda xususiy sektorni jalb qilgan holda kichik agrologistika markazlarini barpo etish tartibini ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasin.
6. Moliya vazirligi (T.A.Ishmetov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A.Vafayev), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A.Xodjayev), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I.I.Norqulov), Energetika vazirligi (A.S.Sultonov), Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (Sh.S.Hidoyatov), Transport vazirligi (I.R.Maxkamov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
ikki oy muddatda meva-sabzavotchilik klasterlari (kooperatsiyalar), qayta ishlash korxonalari va agrologistika markazlari uchun zarur bo‘lgan tashqi muhandislik (elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va oqova suv tarmoqlari, avtomobil yo‘llari) tarmoqlarini ta’mirlash va qurish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni shakllantirib, belgilangan tartibda tasdiqlasin;
tashqi muhandislik tarmoqlarini qurish va mavjudlarini ta’mirlash uchun Osiyo taraqqiyot bankidan 100 million AQSH dollarigacha bo‘lgan qarz mablag‘larini 2022 yil yakuniga qadar jalb qilish choralarini ko‘rsin.
7. Quyidagilar:
Meva-sabzavotchilik klasterlarini tashkil etishning hamda klasterlar tomonidan 2022 yilda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining oylar bo‘yicha taqsimoti prognoz ko‘rsatkichlari 1-илоvaga muvofiq;
2022 yilda amalga oshiriladigan sovitkichli sig‘imlar tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalari ro‘yxati 2-илоvaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligining (keyingi o‘rinlarda – Agentlik):
Agentlikka sabzavot, kartoshka, gul, poliz ekinlari, ko‘katlar va dorivor o‘simliklar, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish, ularni saqlash, qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi, shuningdek, “daladan-rastagacha” tamoyili asosida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratuvchi meva-sabzavotchilik klasterlari (kooperatsiyalar) faoliyatiga ko‘maklashish vazifalarini yuklash;
Agentlikning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, xodimlar umumiy cheklangan soni 4-6 nafar shtat birligidan iborat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bo‘limlarini hamda xodimlar umumiy cheklangan soni 2-3 nafar shtat birligidan iborat tumanlar (Quvasoy shahar) meva-sabzavotchilikni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofislarini (keyingi o‘rinlarda – loyiha ofislari) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligining xodimlar umumiy cheklangan soni 32 shtat birлигидaн iborat tuzilmasi 3-илоvaga muvofiq tasdiqlansin.
9. Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘limlari hamda loyiha ofislariga:
iqtisodiy jihatdan samarasiz va kam hosil beradigan bog‘larni (uzumzorlarni) aniqlash, ularning o‘rnida intensiv bog‘lar (uzumzorlar) barpo etish yoki ularni haydaladigan yerlar toifasiga o‘tkazish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etishga yaroqli yer uchastkalarini tanlash va ochiq tanlovga chiqarishga amaliy jihatdan ko‘maklashish;
ajratilayotgan kreditlar doirasida tijorat banklari bilan birgalikda meva-sabzavotchilik yo‘nalishidagi loyihalarni ishlab chiqish;
meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko‘katlar va dorivor o‘simliklar, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish, ularni saqlash, saralash, qayta ishlash va eksportini tashkil etishga ko‘maklashish vazifalari yuklatilsin.
Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘limlari hamda loyiha ofislariga qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarga shartnoma asosida haq evaziga xizmat ko‘rsatish huquqi berilsin.
10. Belgilansinki:
Agentlik markaziy apparati uchun talab etiladigan qo‘shimcha shtat birliklari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘limlari hamda loyiha ofislarining shtat birliklari Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning hududiy boshqarmalaridagi mavjud shtat birliklarini qisqartirish hisobiga tashkil etiladi;
Agentlik, uning hududiy bo‘limlari va loyiha ofislarining xodimlariga tegishincha Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati, va hududiy bo‘linmalari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya shartlari tatbiq etiladi.
Agentlik direktoriga Agentlikning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan Agentlik va uning hududiy bo‘linmalariga shartnoma asosida mutaxassislarni jalb etish huquqi berilsin.
11. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bilan birgalikda ikki oy muddatda qishloq xo‘jaligida innovatsion biomahsulotlarni sinovdan o‘tkazish xizmatlari tizimini joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
12. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda:
meva-sabzavotchilik tumanlarini qayta ko‘rib chiqib, har bir hududning tabiiy-iqlim sharoiti va ixtisoslashuvini hisobga olgan holda, meva-sabzavotchilik klasterlari (kooperatsiya) faoliyatini barqaror rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni;
ishlab chiqaruvchi – klaster – tayyorlovchi korxona – qayta ishlovchi va eksportёрни uzviy bog‘lovchi tizimni joriy qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A.Xodjayev), Agentlik (H.M.Karimov), Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi (R.M.Boboyev) uch oy muddatda:
xalqaro moliya institutlari, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti tizimida Respublika bog‘bonlar maktabi faoliyatini rivojlantirsin;
xalqaro moliya institutlari hamda Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti qoshida Sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli ekinlar, gul hamda dorivor o‘simliklarni intensiv usulda yetishtirish maktabiни tashkil etsin.
14. Moliya vazirligi (T.A.Ishmetov) va Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A.Xodjayev) ikki oy muddatda meva-sabzavot hosilini xavf-xatardan sug‘urtalash xizmatidan foydalanganda sug‘urta mukofoti uchun to‘lovning hamda xorijdan malakali agronom, entomolog, laboratoriya mutaxassisini jalb qilish xarajatlarining 50 foiziни qoplab berish tartibini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
15. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A.Xodjayev) hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A.B.Voitov)ga:
uch oy muddatda respublikada meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish va uni eksport qilishga mo‘ljallangan logistika markazlarini xorijiy davlatlar tajribasi asosida tashkil etish bo‘yicha 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan investitsiya loyihalarini amalga oshirish manzilli dasturini shakllantirish;
meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga yo‘naltirishda zarur ruxsatnoma, sertifikatlar va bojxona hujjatlarining rasmiylashtirilishiga amaliy yordam ko‘rsatish vazifasi yuklatilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-илоvaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
17. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va qadoqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.
18. Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
ikki hafta muddatda Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati va hududiy bo‘linmalari, Agentlik va uning hududiy bo‘limlari (loyiha ofislari)ning tegishliligi bo‘yicha shtat jadvallarini tasdiqlab (o‘zgartirib), o‘rnatilgan tartibda moliya organlarida ro‘yxatga qo‘yilishini ta’minlasin;
ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
19. Mazkur qarorning ijrosini tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib qishloq xo‘jaligi vaziri J.A.Xodjayev hamda Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi direktori X.M.Karimov belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari Sh.M.G‘aniyev va J.A.Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.MIRZIYOEV
Toshkent shahri,
2021 yil 15 dekabr.