O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O’Sallivan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi, eng avvalo savdo-iqtisodiy sohadagi ko‘p qirrali sheriklikning turli jihatlari ko‘rib chiqildi.

Keyingi yillarda, shu jumladan YeIning «GSP+» preferensiyalar tizimi doirasida o‘zaro savdo hajmi, qo‘shma korxonalar va investitsiya loyihalari soni oshib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.