NATO Ukraina bo‘yicha favqulodda sammitini onlayn shaklida bugun Toshkent vaqti bilan soat 19.00 da boshlaydi. Bu tadbir AQSH prezidenti Jo Baydenning ish jadvaliga ham kiritilgan.

Prezident Bayden Ukraina va ushbu mamlakat atrofidagi xavfsizlik vaziyatini muhokama qilish uchun videokonferensiya orqali NATO tarkibidagi boshqa davlat va hukumat rahbarlari bilan uchrashadi, — deyilgan shu to‘g‘ridagi bayonotda. Muzokara matbuot uchun yopiq tarzda o‘tadi.
Avvalroq Amerika yetakchisi Shimoliy Atlantika alyansi sammitda tuzilma faoliyatini yanada kuchaytirishga oid turli masalalar ko‘rib chiqilishini ma’lum qilgandi. Bundan tashqari, yig‘ilishga NATOga a’zo bo‘lmagan Finlandiya va Shvetsiya ham taklif etilgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24 fevral kuni ertalab Donbass respublikalari rahbarlari murojaatiga javoban, maxsus harbiy operatsiya o‘tkazishga qaror qilganini aytdi. Rossiya rahbari ta’kidicha, Moskvaning Ukraina hududini bosib olish rejasi yo‘q.
RF mudofaa vazirligi esa rossiyalik harbiylar Ukraina shaharlariga zarba bermayotganini ta’kidlayapti. Tinch aholiga hech narsa tahdid solmaydi, — deya ishonch bildirdi mahkama mas’ullari.