Tadbirkorlik sub’ektlari uchun bojxona qonunchiligida yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar targ‘iboti doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi mutasaddilari to‘rtko‘llik tadbirkorlar bilan uchrashdi.

“Eksport 3 qadamda” tizimi afzalliklari, “Bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimidan foydalanish qulayliklari tushuntirilib, tadbirkorlarning mavjud muammolari tubdan o‘rganildi. Jumladan, tumanidagi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini o‘rganish barobarida mas’ullar shisha ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi “TO‘RTKO‘L SHISHA IDISHLARI” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, korxonaning shisha ishlab chiqarishni 2 bosqichda tashkil etish investitsiya loyihasi bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari bilan tanishdi.

Yil boshidan 272,6 ming AQSH dollari qiymatidagi shisha idishi eksportini amalga oshirgan ushbu tadbirkorlik sub’ektining 5 million dollarlik xorijiy investitsiya loyihasi ishga tushirilsa, yana yangi 70 ta ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan. Bugungi kunda Xitoy davlatidan loyiha doirasida yangi uskunalarni olib kelish choralari ko‘rilmoqda.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri