Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor “Taxiatosh yollardan muntazam foydalanish” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan bir nafar ishchi xodimga 50 million so‘m oylik ish haqini undirish belgilangan edi.

Har bir ishchi o‘z mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda adolatli haq olish huquqiga ega ekanligi Konstitutsiyamizda belgilab qo‘yilgan. Lekin ayrim hollarda ish beruvchilar o‘z ishchilariga oylik maoshlarini o‘z vaqtida bermaganligining guvohi bo‘lamiz. Bunday hollarda oylik maoshlarni undirish sud tartibida byuro organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Yuqorida qayd etilgan ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosi Taxiatosh tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim xodimlari tomonidan ijro harakatiga kirishildi. Amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari natijasida xodimning ish haqi o‘z muddatida undirib berildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri