Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi rahbariyati Nukusdagi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar hamda Chimboydagi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar “Muruvvat” internat uylarida yashovchilar holidan xabar oldi.Bu yerda yashovchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.

Mas’ullar bu yerda istiqomat qiluvchi qo‘li gul kishilar tomonidan yaratilgan haqiqiy san’at asari darajasidagi buyumlarni tomosha qilar ekan, ularning kelgusidagi realizatsiyasi bo‘yicha takliflar bildirishdi. Jumladan, mazkur qo‘l mehnati namunalarining “Bojxona servis” davlat muassasasida sotilishini yo‘lga qo‘yish va savdo yaramarkalari tashkil etish choralari ko‘riladigan bo‘ldi.

Boshqarma boshlig‘i tomonidan mas’ul bojxona xodimlariga Chimboydagi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “Muruvvat” erkaklar internat uyi binosining va bino atrofi panjaralarining ta’mirtalab joylarida ta’mirlash ishlarini olib borishda yordam berish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma berildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri