Nukus shahrida o‘tkazilgan II Xalqaro baxshichilik san’ati festivali doirasida ko‘plab ma’naviy-madaniy tadbirlar o‘tkazildi.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida mashhur adib Ch.Aytmatovning «Jamila» asari asosida tayyorlangan spektakl (sahnalashtiruvchi rejissiyor M.Usenov) va teatrning simfonik orkestri ijrosidagi konsert dasturi, Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrida «Romeo va Juletta» spektaklining namoyishi festival ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Konsertda kompozitor Q.Zaretdinovning xalqimizning milliy dasturlarini o‘zida mujassam etgan «Qirq qiz» baletidan «Jangovor qizlar o‘yini» (qara jorg‘a), Alimjan Xalimov, Japaq Shamuratov, Sapar Xojaniyazovlarning «Suymaganga suykanma» musiqali komediyasidan  «Uvertyura», Aysanem, To‘maris, Farb ochiq, Gulparshыn ariyalari va qator nodir asarlar ijro etildi.

 

A.Jiyemuratov,

Qoraqalpog‘iston axborot agentligi.

M.Habibullayev (surat), O‘zA