Joriy yilning 17-20 sentyabr kunlari Nukus shahrida II Xalqaro baxshichilik san’ati festivali bo‘lib o‘tadi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 10 apreldagi «II Xalqaro baxshichilik san’ati festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va baxshichilik san’atini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori asosida ushbu tadbirga qizg‘in taraddud ko‘rilmoqda. Xalqaro festivalga dunyoning bir qator davlatlaridan mehmonlar tashrif buyurishi kutilyapti. Jumladan, xalqaro tashkilot mutasaddilari, ekspertlar, mahalliy madaniy meros, ilm-fan, san’at va boshqa soha ekspertlari hamda OAV vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Hozirda Nukus shahridagi amfiteatr hamda I. Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyi oldidagi maydonlarda tayyorgarlik ishlari avjida.

 

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA