Belarus iqtisodiyotida salbiy ko‘rsatkichlar qayd etilishining tugatilgani, mamlakatning yakuniga yetgan yildagi eng katta yutuqlaridan bo‘ldi. Ushbu ijobiy natijalar joriy yilda belarusliklarning hayotiga farovonlik va ma’no olib kiradi.
Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko yakshanba kuni “Muqaddas ruh” soborini ziyorat qilish chog‘ida aytib o‘tgan.
“Biz og‘ir yillarni yashadik. Poyoniga yetgan 2017 yilda biz o‘zimiz orzu qilganimizdek iqtisodiyotdagi salbiy tendensiyalarni bartaraf eta oldik. Ijobiy o‘zgarish tez orada jamiyat hayotining barcha jabhalarida o‘z samaralarini bera boshladi”, deya Lukashenko so‘zlarini keltiradi BelTa o‘z xabarida.
Shuningdek, prezident mamlakatdagi hayotni “havas qilguli emas, balki chidasa bo‘larli”, deya baholagan. “Shu bois joriy yilda xalqimiz farovonligini ta’minlash imkonini beradigan dadil qadamlar tashlashimiz kerak. Eng muhimi buning uchun bizda barcha imkoniyatlar mavjud”, degan Belarus yetakchisi.